Sinusoidal kattaliklarning vektor tavsiflari va ularning ahamiyati.
O’zgaruvchan EYuK o’zgaruvchan kuchlanish, o’zgaruvchan tok, tokning
davri, chastotasi, maksimal tasir etuvchi qiymatlari bilan tavsiflanadi.
Sinusoidal o'zgaruvchan funktsiyalar va ularni tavsiflovchi asosiy parametrlar
davr T, chastota f , faza boshlang’ich fazasi , amplituda, oniy va ta’sir
etuvchi qiymatlari).
Sinusoidal o'zgaruvchan funktsiyalar va ularni harakterlovchi asosiy
parametrlar.
Vaqt bo'yicha o'zgaruvchi tok, kuchlanish, EYuK va quvvatning aniq bir
paytdagi qiymatiga oniy qiymat deb ataladi va u quyidagi harflar bilan
belgilanadi i i e, r. Tok, kuchlanish, EYuK va quvvatning eng yuqori oniy
qiymatlari ularning amplitudalari deb ataladi va ular quyidagi
t
indeksli harflar
bilan belgilanadi: I
m
U
m
. E
m
P
m
Ularning egri chiziqlari sinusoidadan farqli bo'lgan hollardagi eng yuqori oniy
qiymatlari quyidagi
max
indeksli harflar bilan belgilanadi: I
max
, U
max
. E
max
, P
max
.
Toklar o‘z qiymatlarini bir xil ketma-ketlikda qaytarib turuvchi eng kichik
vaqt oralig'i davr deb ataladi va T harfi bilan belgilanadi. Sinusoidal
o’zgaruvchan tokning qiymatlari va yo’nalishi ushbu davr deb ataluvchi
oraliqlarda takrorlanadi.
Davrga teskari bo'lgan qiymat chastota deb ataladi va f harfi bilan belgilanadi.
Son jixatdan chastota davriy o'zgaruvchan tokning bir sekund vaqt
davomidagi davrlar soniga teng : f = . Chastotaning o'lchov birligi - Gerts
(Gts).
Sinusoidal o'zgaruvchi kattalikning burchak chastotasi - elektrik burchakning
vaqt bo'yicha o'zgarishini belgilaydi. Ushbu burchakning sinusiga
proportsional ravishda davr bilan bo'yicha bog'langan tok, EYuK, va
kuchlanishlarning oniy qiymatlari o'zgarib boradi. Ushbu burchak chastotasi-
rad/s larda o'lchanadi.
Barcha sinusoidal o'zgaruvchi kattaliklar quyidagi ko'rsatkichlari bilan
ta’riflanadi: amplitudasi; 2. Chastota yoki davri; 3. Boshlang’ich fazasi.
Vaqtning boshlang'ich paytida EYuKning qiymatlarini belgilovchi \ va
elektrik burchaklar boshlang’i'ch fazalar deb ataladi.
Bir xil chastotali ikki sinusoidal kattalikning boshlang'ich fazalar farqi
fazalarning siljish burchagi deb ataladi.O’zaro musbat amplitudaga ertaroq
erishgan qiymat faza bo'yicha ilgari, qaysiki yuqoridagi qiymatlarga keyinroq
erishadigan qiymat esa faza bo’yicha ortda qoluvchi deb ataladi[1,2]
Sinusoidal kattaliklarning boshlang'ich fazalari va fazalarning siljish
burchaklari.
Sinusoidal kattaliklarning vektor tavsiflari va ularning mohiyati. Sinusoidal
tok va kuchlanishlardan hozirda energetika tizimlari va korxonalarda keng
qo'llanilishiga:
Birinchidan - sinusoidal tok va kuchlanishli elektr energiyasini ishlab
chiqarish (generatorlar), o'zgartirish (transformatorlar) va iste'mol qilish
(asinxron dvigatellar) ekspluatatsiya nuqtai-nazaridan sodda va qulay;
Ikkinchidan - chiziqli sinusoidal kattaliklar: qo'shilganda, ayrilganda,
bo'linganda va integrallab yoki differentsiallanganda sinusoidal kattalik bo'lib
qolaveradi. Boshqa hech bir funktsiyalar bunday xossaga ega emas. Aynan
shunday ajoyib xususiyatlari uchun sinusoidal vaqt funktsiyalari garmonik
yoki mukammal deb ataladi.
Sinusoidal o'zgaruvchi qiymatlar vaqtning har qanday qiymatida oniy
qiymatlarni ko'rsatadigan sinusoida yoki aylanuvchi vektorlar orqali
tasvirlanadi.
Sinusoidal EYuK ning vektor diagrammasi va uning sinusoidasi.
Vaqtning boshlang'ich davrida (t=0) bir xil chastotali sinusoidal o'zgaruvchi
qiymatlarni tasvirlovchi ikki yoki undan ziyod vektorlar majmuiga vektor
diagrammadeb ataladi.
Kuchlanish va tokning oniy qiymatlarni u(t), i(t) uzil kesil aniqlash uchun
ularning amplituda, burchak chastota va boshlang'ich fazasi kabi uch
parametrining hammasini aniqlash kerak.
Ma’lumki u= va i= kuchlanish va tokning oniy qiymatlarini ifoda etadi.
O’zgaruvchan tok o’tkazgichda ma’lum vaqt ichida qanday miqdorda issiqlik
chiqargan bo’lsa, shu vaqt ichida o’shancha issiqlik chiqargan o’zgarmas
tokning ish bajaradigan qiymati uning effektiv qiymati deyiladi.
Bu qiymat sinusoidal tokning effektiv qiymati deb yurtiladi. EYuK va
kuchlanishning effektiv qiymatlarini ham shu tarzda yozish mumkin.
Sinusoidal EYuK ni hosil qilish O'zgaruvchan tokning eng ko'p tarqalgan
manbalaridan biri mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi
sinxron generatordir. Sinxron generatorda sinusoidal EYuK olish uchun
doimiy magnit maydonida ramka ko'rinishdagi chulg'am o'zgarmas burchak
tezligida aylantiriladi. O'zgaruvchan tok generatorlari ikki asosiy qismdan
iborat (2.2-rasm). Qo'zg'almas qism - stator 1 va aylanuvchi qism-rotor 2 dir.
Ularning birida (ko'pincha rotorda) doimiy elektromagnit joylashtiriladi va
uning chulg'amlari o'zgarmas tok manbaidan ta'minlanadi. Silindrsimon
statorning ichki yuzasidagi pazlarda joylashgan chulg'amlarda rotorning
aylanishi natijasida e Blv EYuK paydo bo'ladi, bu yerda B-o'tkazgich simga
ta'sir etuvchi magnit maydonining induksiyasi, lo'tkazgich simning uzunligi,
v- aylanuvchi magnit maydonining chiziqli tezligi. Agar l va v kattaliklarni
o'zgarmas deb olsak, u holda chulg’amlardagi EYuK e(t) ning o'zgarish
qonuni magnit induksiyasi B ning vaqt bo'yicha o'zgarish qonuni bilan
aniqlanadi. EYuK egri chizig'ining shakli sinusoidaga yaqin bo'lishi uchun
generatorning rotorida joylashtirilgan qutb boshmog'i chetidagi havo oralig'i
uning markaziga nisbatan 1,5 ... 2 marta kattalashtiriladi. Shu sababdan,
magnit induksiyaning o'zgarish qonuni stator bilan rotor oralig'ida sinusoidal
bo'ladi, qutb boshmoqlarining o'rtasida magnit induksiyasi maksimal bo'lib,
qutb boshmoqlarining chetiga qarab kamayib boradi. Agar juft magnit qutblari
soni p va rotorning bir minutdagi aylanishlar soni n bo'lsa, u holda
o'zgaruvchan EYuK ning chastotasi: . 60 pn f Elektrotexnikada
o'zgaruvchan tokning keng qo'llanishi elektr energiyani markazlashgan holda
ishlab chiqarish va uni uzoq masofalarga uzatish masalasi yechilganidan keyin
boshlandi. Energiyani uzatish va taqsimlash iqtisodiy tarafdan hamda
xavfsizlik nuqtai nazaridan uzatish uchun yuqori kuchlanishni va taqsimlash
uchun esa nisbatan past kuchlanishni talab etadi. O'zgaruvchan tok
kuchlanishini o'zgartirish nihoyatda sodda statik apparat-transformator
yordamida bajariladi. Agar bir xil chastotali bir necha sinusoidal funksiyalar
(masalan, EYuK va tok) sinusoidalarining boshlanishlari mos kelmasa, u
holda bu sinusoidalar faza jihatidan bir biriga nisbatan siljigan deyiladi. Faza
siljishi tok va EYuK boshlang'ich fazalarining ayirmasi bilan o'lchanadi, ya'ni
i
e . Agar bir xil chastotali sinusoidal funksiyalar boshlang'ich
fazalari bir xil bo'lsa, u holda sinusoidalar faza jihatidan mos tushadi. Agar
fazalar ayirmasi
/ 2 ga teng bo'lsa, u holda sinusoidalar bir biriga nisbatan
kvadraturada deyiladi.
Document Outline - Elektron sensor signal
- Asosiy konvertorlarning chiqish signallarini takomillashtirish
- Signal tasnifi
- KIRXGOF QONUNLARI
- Ekvivalent Tvenin kuchlanishini olish
- Tvenin ekvivalenti impedansini olish
- Tervenin ekvivalent kuchlanishini hisoblash
- Tvenin ekvivalent empedansini hisoblash
- Kirxgof tenglamalari usuli
- Kirxgofning ikkinchi qonuni bo'yicha tuzilgan tenglamalar soni
- Halqa oqimlari usuli
- Tugun kuchlanishlari usuli (potentsiallar)
- Diyot turlari
Do'stlaringiz bilan baham: |