kemiruvchilardan odam ga yuqtiradi. Hayvonsimon xivchinlilam ing ayrim vakillari chumolilar ichagida
simbioz (hamkorlikda birga yashash) yashaydi. Ular qiyin hazm bo'ladigan
o'simlik sellyulozasini hazm qilishda chumolilarga yordam beradi. 2.3. S p o ra lila r (S p orozoa) tip i Sporalilar tipiga odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiluvchi
5000 ga yaqin bir hujayrali hayvonlar kiradi. Ulam ing harakatlanish
organoidlari bo'lmaydi. Ko'pchilik sporalilar hayotining ma'lum davrida
spora hosil qilish xususiyatiga ega. Spora hayvonni tashqi muhitning noqulay
sharoitidan saqlaydi. Hamma sporalilar murakkab rivojlanish sikliga ega
bo'ladi. Bu tip vakillari orasida koksidiyasimonlar ko'p uchraydi. K o k s id iy a la r ( C o c c id io m o r p h a ) tu r k u m i.