Ko'pchilik kapalak turlari iqtisodiy ahamiyatga ega emas. Ular tabiatda
insonlarga estetik zavq beruvchi hayvonlar sifatida himoya qilinadi. Ayrim
kapalaklar lichinkasi (tut ipak qurti) sanoat uchun qimmatli xomashyo —
ipak beradi. Karam kapalagi, kuzgi tunlam, olma qurti, tengsiz ipak
qurti, g'o'za tunlami, karadrina asosiy zararkunanda turlaridan hisoblanadi.
Tut ipak qurti xonakilashtirilgan hasharot hisoblanadi.
Ik k i q a n o tlila r (D ip tera) tu rk u m i.
Ikki qanotlilar eng ko'p sonli
hasharot turkumlaridan biri hisoblanib, ulaming 80 mingdan ortiq turlari
mavjud. Ularning faqat birinchi juft (ustki) qanoti rivojlangan, ostki
qanoti esa keskin o'zgarib, to'g'nag'ichsimon o'simta hosil qiladi. Ostki
qanot qoldig'i hasharot havoga ko'tarilganda muvozanat saqlash vazifasini
Do'stlaringiz bilan baham: |