auditorlik faoliyatining milliy standartlarini o’z vakolatlari doirasida ishlab
auditorlik tashkiloti tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi hamda uch yilda
auditor malaka sertifikatini olish uchun da’vogarlarga malaka talablarini
malaka sertifikati olish uchun o’quv dasturlarini va malaka imtihonlarini
408
(21-moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 17 sentyabrdagi O’RQ-110-sonli
Qonuni
asosida ettinchi xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2007 y., 37-38-son, 378-modda)
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda auditorlik faoliyatini amalga
oshirishga doir litsenziyani qayta rasmiylashtiradi, auditorlik faoliyatini amalga
oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini o’n ish kunidan ko’p bo’lmagan
muddatga to’xtatib turadi, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir
litsenziyaning amal qilishini o’n ish kunidan ko’p bo’lgan muddatga to’xtatib
turish yoki uning amal qilishini tugatish hamda litsenziyani bekor qilish
to’g’risida sudga murojaat qiladi, shuningdek litsenziyaning amal qilishini
to’xtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish to’g’risidagi ma’lumotlarni
ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi;
Qo’shimcha ma’lumot uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-son qarori bilan
tasdiqlangan «Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi to’g’risida»gi Nizomning VIII
bo’limi (
29—37-bandlari
)ga qarang. («Litsenziyaning amal qilinishini to’xtatib qo’yish, to’xtatish, tiklash va bekor qilish tartibi»).
(21-moddaning ikkinchi qismi sakkizinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli
Qonuni
tahririda — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda)
auditorning malaka sertifikatini beradi, qayta rasmiylashtiradi, bekor
qiladi, uning amal qilishini uzaytiradi va tugatadi;
(21-moddaning ikkinchi qismi to’qqizinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli
Qonuni
tahririda — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda)
malaka sertifikatiga ega bo’lgan auditorlar reestrining hamda auditorlik
faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik
tashkilotlarni hisobini yuritadi.
Batafsil ma’lumot uchun «Auditorning malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risida»gi
Nizom
(ro’yxat raqami 977, 13.10.2000
y.)ning 9 bo’limi (9.1—9.5-bandlari)ga qarang.
Auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir
litsenziyalarni berish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tasdiqlanadi.
Batafsil ma’lumot uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-son qarori bilan
tasdiqlangan «Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi to’g’risida»gi
Nizomga
qarang.
Auditorlik faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirganlik qonun hujjatlarida
belgilangan javobgarlikka olib keladi.
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining
176-moddasi
, Jinoyat kodeksining
190-moddasi
hamda
Soliq kodeksining
117-moddasiga
qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: