3-modda. Auditor
Auditor — auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir.
Auditor mehnat shartnomasi bo’yicha yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma
bo’yicha faqat bitta auditorlik tashkiloti bilan ishlashi mumkin.
(3-moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 17 sentyabrdagi 110-sonli
Qonuni
tahririda — O’R QHT, 2007 y., 37-38-son, 378-modda)
Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganligi, tijorat sirini oshkor
etganligi hamda boshqa xatti-harakatlari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar
etkazganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida
javobgar bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |