Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

 

 

 

 

Takrorlash uchun savollar: 

 

1.

 



Asosiy vositalar auditi qanday tashkil etiladi? 

2.

 



 Asosiy vositalar auditida qanday ma’lumotlar manbalaridan foydalaniladi? 

3.

 



 Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini qanday tekshiriladi? 

4.

 



 Asosiy  vositalar  analitik  hisobini  tashkil  etish  auditi  qanday  amalga 

oshiriladi? 

5.

 

Asosiy  vositalarga  eskirish  hisoblashning  to’g’riligini  tekshirish  qanday 



amalga oshiriladi?  


 

 

233 



1

1

4

4

-

-

B

B

O

O

B

B

.

.

 

 NOMODDIY AKTIVLAR AUDITI

 

 

 

1.

 

Nomoddiy aktivlarning mohiyati, ahamiyati, o’ziga xos 

belgilari va auditining xususiyatlari 

 

      Nomoddiy  aktivlarga  patentlar,  litsenziyalar,  «nou-xou»,  savdo 

markalari,  tovar  belgilari,  sanoat  namunalari,  dasturiy  ta’minot,  gudvill, 

tashkiliy  xarajatlar,  franshizalar,  mualliflik  huquqlari,  er  va  tabiiy 

resurslardan foydalanish huquqlari, xizmat ko’rsatish belgilari va boshqalar 

kiradi.  

Mavjud  me’yoriy  hujjatlar  va  amaliy  tajribaga  tayangan  holda  nomoddiy 

aktivlar  auditini  quyidagi  tartibda  o’tkazish  maqsadga  muvofiqdir:  hisob 

ob’ektlarining nomoddiy aktivlar qatoriga to’g’ri kiritilganligi, intellektual mulk, 

sanoat  namunalari  va  shunga  o’xshashlar  uchun  korxonaga  mulkiy  huquq 

beradigan 

hujjatlarni 

tahlil 

qilish, 


hujjatlarda 

aks 


ettirilgan 

qiymat 


ko’rsatkichlarini  o’rganish,  nomoddiy  aktivlar  kirimi,  eskirish  hisoblash  va 

hisobdan  chiqarilishiga  doir  muomalalarning  buxgalterlik  hisobida  to’g’ri  aks 

ettirilishi;  nomoddiy  aktivlarning  haqiqatda  mavjudligini  inventarizatsiya  qilish; 

nomoddiy  aktivlarni  hisobga  olish  va  uning  huquqiy  jihatdan  to’g’ri 

rasmiylashtirilganligi  haqidagi  xulosalarni  umumlashtirish  va  aniqlangan  xato 

kamchiliklarni tuzatish bo’yicha tadbirlar belgilash.  

Mohiyatiga  ko’ra  nomoddiy  aktivlar  qatoriga  jismoniy  shaklga  ega 

bo’lmagan,  lekin  korxona  faoliyatida  uning  boshqa  aktivlari  qatorida  qatnashib 

daromad keltiruvchi mablag’lar kiritiladi.  

Patentlar, litsenziyalar, savdo markalari, savdo belgilari, mualliflik huquqlari 

kabi  nomoddiy  aktivlarning  mohiyati  O’zbekiston  Respublikasining  tegishli 

yuridik qonunlari bilan tartibga solib turiladi.  

Nomoddiy  aktivlarning  o’ziga  xos  belgilari  quyidagilardan  iborat: 

buyumlashgan  ko’rinishga  ega  emasligi;  uzoq  vaqt  davomida  ishlatilishi; 




 

 

234 



korxonaga  foyda  keltirish;  ularni  ishlatishdan  olinishi  mumkin  bo’lgan  foyda 

hajmining nisbatan yuqori darajadagi noaniqligi.  

Nomoddiy  aktivlarning  mohiyatiga  ko’ra  xususiyatlarini  ko’rib  chiqamiz: 

sanoat intellektual mulk ob’ektlariga kashfiyot huquqi, sanoat namunalari, tovar 

belgilari,  savdo  markalari,  xizmat  ko’rsatish  belgilari  kiradi.  Kashfiyot  huquqi 

kashfiyot  egasiga  qaror  qabul  qilish  uchun  maxsus  berilgan  huquqdir. 

Kashfiyotlarni muhofaza qilishning eng ko’p tarqalgan tizimi ularni patentlashdir.  

Patent  - 

bu  yuridik  jihatdan  tan  olingan  va  ro’yxatga  olingan  mutlaq 

huquqdir.  Patentga  oid  huquq  uning  egasiga  tashqaridan  boshqa  shaxslar 

aralashmasligi  sharti  bilan  patent  amal  qiladigan  buyumdan,  jarayon  yoki 

faoliyatdan foydalanish, ularni ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish imkonini 

beradi.  

Patentning  patent  organlarida  ro’yxatdan  o’tkazilishi  uning  himoyalanishiga 

kafolat  bermaydi  va  u  sudda  muvaffaqiyat  bilan  himoyalanmaguniga  qadar 

raqobatbardosh bo’la olmaydi. Shuning uchun ham sudda muvaffaqiyatli himoya 

qilinishi  bilan  bog’liq  xarajatlarni  patent  bahosining  bir  qismi  sifatida 

kapitallashtirish lozimligi to’g’risida umumiy kelishuv mavjud.  

Agarda  sud  jarayoni  boy  berilgan  bo’lsa,  u  bilan  bog’liq  xarajatlar  ham 

amortizatsiya  qilinmagan  patent  qiymati  ham  hisobdan  chiqariladi.  Patentning 

balans  qiymati  zarardan  nolga  teng  bo’lishi  mumkin  bo’lgan  qiymatgacha 

kamaytiriladi.  

 Sanoat mulklari ob’ektlarining o’ziga xos xususiyati, ularga egalik huquqini 

tasdiqlovchi muhofaza hujjatlarining mavjudligi hisoblanadi.  

Audit  jarayonida  nomoddiy  aktivlar  muhofaza  hujjatlarinnig  haqiqiyligiga 

alohida  e’tibor  qaratilishi  lozim.  Bunda,  qoidaga  ko’ra  patent  egasida 

saqlanadigan,  faqat  bitta  rasmiy  muhofaza  hujjati  berilishini,  mazkur  ob’ektdan 

litsenziyaga  asosan  foydalanadigan  shaxslarda  esa  muhofaza  hujjatining  nusxasi 

bo’lishi lozimligini nazarda tutish kerak.  




 

 

235 



 Xalqaro  amaliyotda 

«nou–xou»

  tushunchasi  bozor  oborotida  tijorat  qadr  - 

qimmatga  ega bo’lgan,  istalgan ilmiy,  texnikaviy,  ishlab  chiqarish  (tashkil  etish 

va boshqaruv tizimini qo’shgan holda) axborotlarini o’z ichiga olishi mumkin.  

Shuningdek,  «nou–xou»  huquqlari  ya’ni  texnik-tajriba  yoki  ishlab  chiqarish 

sirlari  ham  sanoat  mulki  ob’ektlariga  taalluqlidir.  Bunday  huquqlar,  odatda, 

yuridik  kuchga  ega  bo’lgan  qandaydir  hujjatlar  bilan  tasdiqlanmaydi,  lekin  ular 

tijorat siri hisoblanadi va maxsus muhofaza qilishni talab etadi.  

 Amalda  axborotlarga  monopol  egalik  qilish  huquqning  vujudga  kelishiga 

asos bo’lib xizmat qiladi. «Nou - xou» ni muhofaza qilish shartlari quyidagilardan 

iborat.  Birinchidan,  axborotning  uchinchi  shaxsga  ma’lum  bo’lmasligi  uning 

tijoriy  qadr-qimmatiga  zarur  shart  -  sharoit  (zamin)  bo’lib  xizmat  qiladi. 

Ikkinchidan,  u  uchinchi  shaxslarning  bemalol  kirishlari  uchun  yopiq  bo’lishi 

kerak (qonun asosida). Uchinchidan, axborot egasi uning  maxfiyligini muhofaza 

qilish  uchun  zarur  chora  -  tadbirlarni  qo’llashi  lozim.  Ushbu  maxfiylik 

shartlaridan  birortasining  buzilishi  axbrot  egasini  uni  himoya  qilish  huquqidan 

mahrum  etadi.  «Nou-xou»  egasi  huquqlarini  himoya  qilish  O’zbekiston 

Respulikasi Fuqarolik Kodeksi va boshqa tegishli qonuniy hujjatlar bilan amalga 

oshiriladi.  


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish