M I L L I Y D I N L A R.
R e j a :
1. Milliy dinlar tushunchasi.
2. Hinduizm, jaynizm, sikxizm.
3. Konfusiychiliq sintoizm.
4. Iudaizm.
5. Zardushtiylik.
Milliy dinlar tushunchasi.Kishilik jamiyati tarixida din shakllari turli-tuman bulgan. Ammo har
qanday din muayyan, konkret tarixiy sharoit va ijtimoiy munosabatlarga muvofiq holda paydo
bo'lgan, o'zgargan hamda rivojlangan.
Din shakllarini shartli ravishda uchta asosiy guruhga bulish mumkin: urug'-qabila dinlari, milliy
dinlar va jahon dinlari.
Urug'-qabila dinlarida kishilarning tabiat bilan bo'lgan munosabatlari, ishlab chiqarishga oid
faoliyatlari (ovlash, ovqat izlash va to'plash) bilan bir vaqtda ularning ibtidoiy tashkilotchilik
xususiyatlari ham aks etgan. Urug'chilikning ilk davrlarida tabiat diniy e'tiqodning asosiy ob'yekti
hisoblangan. O'sha davr kishilari qaysi geografik mintaqada yashashlari va qanday turdagi
mehnat bilan shug'ullanishlariga bog'liq holda buyum va xodisalarning turli jihatlarini
ilohiylashtirganlar. Masalan, ov bilan shug'ullanuvchi qabilalar uchun hayvonlarning turli zotlariga
sig'inish, dehqonchilikning qoyat sodda shakllari bilan shug'ullanuvchi uchun esa o'simliklar va
samoviy jismlarga sig'inganlar.
Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilgan va sinfiy tabaqalanish boshlangan davrda xudolar haqidagi
tasavvurlarning shakllanishi ular bilan bog'liq bo'lgan urf-odat va marosimlarda ham muayyan
o'zgarishlar bo'lishiga olib kelgan. Dehqonchilik bilan shug'ullanadigan qadimiy xalqlarda halok
bo'lib, qayta jonlanadigan mavjudot xudolariga sig'inish, yer, suv, samoviy jismlarni
ilohiylashtirish, shular bilan bog'liq bo'lgan qurbonlik qilish marosimlari paydo bo'lgan.
Ammo ibtidoiy jamoa tuzumi davrida din jiddiy o'zgarishlarga uchragan bo'lsa ham, muayyan bir
tizimga aylana olmagan. Urug'-qabila dinlariga xos diniy ibodat-marosimlar Osiyo, Afrika, Janubiy
Amerika va Okeaniyada yashovchi bir qancha xalqlarda hozirgacha mavjuddir. Shuningdek bu
din shakllarining elementlari hozirgi zamon milliy va jahon dinlarida ham uchraydi.
Milliy dinlar deb, odatda bir millatga mansub xalqlar e'tiqod qiladigan dinlar tushuniladi. Bunday
dinlar shakllanishining dastlabki va eng sunggi davrlarini bir-biridan farqlash lozim.. dastlabki
milliy dinlar quldorlik jamiyatida vujudga kelgan bo'lib, odatda, politeistiq ya'ni kup xudolik dinlari
bo'lgan. Masalan, qadimgi grek dini ko'p xudolikning o'zginasidir. Zevs-pantion (qadimgi grek
tilida – bosh xudo) hisoblanib, bir ukasi dengiz xudosi, ikkinchi ukasi - yer osti podsholigining
xudosi hisoblanar edi. Shuningdeq muhabbat va go'zallik ma'budasi, urush xudosi, quyosh
xudosi va san'at homiysi va boshqa yana bir qancha xudolar bo'lgan. Xuddi shunga o'xshash
qadimgi yaxudiylar dinning xudosi – Yaxve ham ko'p xudolilikning yaqqol namunasidir.