materiallari natijalari asos qilib olindi. Shuningdek, mustaqillik davrida
mazkur mavzuda uyushtirilgan davra suhbatlari materiallari, chop etilgan
8
I. Bob . Tarixiy manbalarni xususiyatlari va tavsifi.
1.Tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va tahlil etish yo’nalishlari
va asosiy xususiyatlari.
Tarixiy fakt va voqealar bayoni inson xarakteri, ma’lumot beruvchi shaxs,
guruh, firqa, sulola, mazhab va mamlakatlar manfaati yo’lida turlicha talqin
qilinishi mumkin. Masalan, O’zbekiston yaqin tarixi mamlakatimizning X1X asr
ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi siyosiy voqealar turli davrlarda, manbalarda
va turli mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinmoqda. Bular o’z davrida
yaratilgan yozma yodgorliklar, tarixiy hujjatlar va solnomalarda qanday bayon
qilingan? Sho’ro davrida qanday tushuntirildi? Va nihoyati mustaqillik sharoitida
tarixiy adolatni tiklash, manbalar asosida xolis va ob’ektiv bo’lib o’tgan voqealarni
bilishimiz mumkin va kerak. Bu esa manbashunoslik fanisiz, manbalarga ilmiy
yondoshuvsiz mumkin emas. Chunki, o’sha davrdagi yozma yodgorliklar
aksariyati arab alifbosi asosidagi yozuvimizda, bir qismi rus tilida ham bitilgan va
o’sha davrga xos tarixiy xususiyatlarga ega.
Xulosa, manbashunoslik fani yurtimiz tarixi to’g’risida xolis va ob’ektiv
bilim olishga, o’zligimizni anglashga, boy va qadimiy madaniyatimizni bilishga
xizmat qiluvchi tarix fanining muhim sohalaridan biridir.Manbashunoslik fani tarix
ilmining asosiy va muhim sohalaridan biri bo’lib, turli (moddiy, etnografik, yozma
va boshqa) manbalarni o’rganish hamda ulardan ilmiy foydalanishning nazariy va
amaliy jihatlarini o’rganadi.
Tarixiy manba deganda nimani tushunamiz?
Tarixiy manba deganda uzoq o’tmishdan qolgan, tabiat va jamiyatning
ma’lum bosqichdagi kechmishini o’zida aks ettirgan moddiy va ma’naviy
yodgorliklarni tushunamiz.
Moddiy yodgorliklarga - qadimiy obidalar, manzilgohlar va mozarlar,
shaharlar, qasrlar va qal’alar xarobalari, uy-ro’zg’or buyumlari va boshqalar kiradi.
9
Ma’naviy yodgorliklar deganda qadimgi yozuvlar, xalq og’zaki ijodi
namunalari, afsonalar, yozma yodgorliklar – bitik, qo’lyozma kitob, hujjatlar va
arxiv materiallari tushuniladi.
Umuman, tarixiy manba inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bo’lgan va
uning xususiyatlarini o’zida aks ettirgan moddiy va ma’naviy yodgorliklardan
iboratdir. Ularni o’rganadigan fanni biz manbashunoslik deymiz.
Manbashunoslik fani ijtimoiy fan sohasida asosan ikki xil bo’lishi mumkin -
tarixiy manbashunoslik va adabiy manbashunoslik. Bizning maqsadimiz tarixiy
manbashunoslikni o’rganishdir.
Manbashunoslik fanining vazifalariga kelsak tarixiy manbalarni qidirib
topish, ularni ro’yxatga olish, turkumlash, chuqur va atroflicha tadqiq etish,
manbada o’z aksini topgan yoki bayon etilgan voqealar, keltirilgan faktlarni to’la
va ob’ektivligini aniqlash, manbaning tarix fani taraqqiyotini o’rganishdagi
ahamiyatiga baho berish, manbashunoslikning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: