4. SUVNING TABIIY VA KIMYOVIY XUSUSIYATLARI
4.1. Suvning asosiy fizik xususiyatlari
Tabiiy suv ko‘pgina xossalari bilan boshqa qattiq va suyuq moddalardan
farq qiladi. U engil, harakatchan suyuqlik bo‘lib, o‘zi quyilgan jism shaklini erkin
qabul qiladi. Suv kuch ta’siriga katta qarshilik ko‘rsatib, yuqori bosimga chidab,
o‘z hajmini deyarli o‘zgartirmaydi.
Tabiiy suv, unda boshqa eritmalar kam bo‘lsa, yupqa qatlamlarda rangsiz
tusda, qalin qatlamlarda esa havorang ko‘k tusda bo‘ladi. Toza, eritmasiz suv
elektr tokini deyarli o‘tkazmaydi. Quyida suvning tabiiy xususiyatlarini
ifodalaydigan asosiy ko‘rsatkichlar, jumladan,
suvning zichligi, solishtirma issiqlik
sig‘imi
kabi tushunchalar ustida to‘xtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |