II Ilovadagi Tomonlar
– bular I Ilovadagi mamlakatlarning bir qismi, ya’ni
24 ta yuksak rivojlangan mamlakatlardir. Ular o‘z chiqindilarini kamaytirish bilan
bir qatorda rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy va boshqa ko‘rinishda
ko‘mak berishlari lozim.
Iqtisodiyoti o‘tish davridagi mamlakatlar
– 14 ta mamlakat bo‘lib, ularga
asosan, SHarqiy va Markaziy Evropa hamda Sobiq Ittifoq respublikalari kiradi.
Hozirgi kunda ulardan 8 tasi Evropa Ittifoqining a’zosidir. Bu mamlakatlar I
Ilovada keltirilgan, lekin ular II Ilovadagi mamlakatlar kabi qo‘shimcha
majburiyatlar qabul qilishmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |