Artezian quduqlar – er ostidan bosim kuchi bilan otilib chiqadigan va suv
olish uchun kovlangan quduqlar.
Barqaror qor qoplami – kuz va qishda yog‘ib, bahorgacha saqlanadi.
Barqaror bo‘lmagan qor qoplami – kuz va qishning boshlarida yog‘ib –
erib ketadi.
Bug‘lanish – suyuq yoki qattiq holatdagi suvning gaz(bug‘) holatiga o‘tishi.
Vadoz er osti suvlar – erning ustki qatlami po‘stidagi suvlar
Vozgonka – qor va muzliklar yuzasidan bug‘lanish jarayonida qattiq
holatdagi suv molekulalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaz holatiga o‘tadi.
Gidrologik prognoz - gidrologik jarayonlar yoki xodisalarni “oldindan
aytish” yoki “oldindan bilish” ma’nosiga ega.
Gidrologik prognozlar - daryolar, ko‘llar, suv omborlari, qor qoplami,
muzliklar va boshqa suv ob’ektlarida kechadigan gidrologik jarayonlar va
xodisalarning shakllanish qonuniyatlarini o‘rganish asosida ularni oldindan aytish
183
usullari va uslublarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etish bilan
shug‘ullanadigan fan tarmog‘i.