O. L. Muxamedov Kafedra mudiri


Sanoat  tarmoqlariga  ta’sir  etuvchi  omillar



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/155
Sana26.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#410876
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   155
Bog'liq
Мажмуа Iqtisodiy geografiya2021-22 (2)

.  Sanoat  tarmoqlariga  ta’sir  etuvchi  omillar. 
Sanoatni  rivojlantirish  va  uni  hududiy 
tashkil  qilishda  xilma-xil  sharoitlar,  omillar  qatnashadi.  Ularni  asosan  ikki  guruhga  bo‘lish 
mumkin: iqtisodiy-geografik omillar va tabiiy – geografik omillar. Iqtisodiy-geografik omillarga 
mehnat  resurslari  bilan  ta’mnlanganlik  holati  va  ularning  xususiyatlari,  ishlab  chiqarishni 
ijtimoiy  tashkil  qilish  shakllari,  energetika,  transport  sharoitlari,  infratuzimiga  chiqarishning 
moddiy – texnika bazasi, fan-texnika taraqqiyoti darajasi, tabiiy – geografik omillarga esa tabiiy 
sharoit (relf, iqlim kabilar) xususiyatlari, tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi kiradi. 
Mehnat  resusrlari  sanoatni  rivojlantirish  va  ayniqsa  uni  hududiy  tashkil  qilishda  muhim 
omillardan  hisoblanadi.  Mehnat  resurslarining  hududiy  joylashuvi  ishlab  chiqarishning  tarixiy 
taraqqiyoti  jarayonida  vujudga keladi  va o‘z navbatida,  ishlab chiqaruvchi kuchlarning keyingi 
rivojlanishi  va  hududiy  joylashishiga  ta’sir  etadi.  Ma’lumki,  mamlakatimiz  mehnat  resurslari 
bilan  yaxhi  ta’minlangan  respublikalardan  biridir.  Undagi  aholi  tabiiy  o‘sishiga  nisbatan 
yuqoroligi  mehnat  resurslarining  ortiqcha  to‘planishiga  olib  keladi.  Bu  narsa  O‘zbekistonda 
sanoat  ishlab  chiqarishini  sira  kechiktirmay,  yanada  tezroq  rivojlantirishga  undaydi.  Tez  o‘sib 
borayotgan  mehnat  resusrlaridan  to‘la  va  samarali  foydalanish  maqsadida  sanoatning  ayniqsa 
sermehnat  tarmoqlarini  (yelektrotexnika,  radiotexnika,  asbobsozlik,  elektronika,  yengil  sanoat 
kabilar) jadal taraqqiy ettirish zarur. 
Sanoatni  hududiy  joylashtirishda  alohida  hisobga  olinishi  lozim  bo‘lgan  masalalaridan 
biri  har bir  iqtisodiy rayonda, sanoat tugunlarida va  hatto  alohida  ishlab chiqarish  markazlarida 
sanoaat  korxonalarini  tashkil  qilishda  mehnat  resurslarining  jinsiy  tarkibini  e’tibordan 
qochirmaslik  kerak.  Shundagina  erkak  va  ayollarning  mehnat  qilish  imkoniyatlaridan  ancha 
samarali foydlanishi mumkin bo‘ladi. 
Fan-texnika  taraqqiyotining  sanoatni  hududiy  joylashtirishdagi  roli  katta.  Bu  omil 
foydalanish  mahsadga  muvofiq  bo‘lmagan  yoki  sanoatda  umuman  ishlatilmagan  turli  tabiiy 
resurslarni  ishga  solishda  ham  katta  o‘rin  tutadi.  Tog‘-kon,  elektr  energetika,  mashinasozlik, 
kimyo, qishloq xo‘jaligi kabi tarmoqlar taraqqiyotida bu omilning roli ayniqsa kattadir. 
Sanoatning  hududiy  joylanishishi    energetika  bazalariga  ham  bog‘liqdir.  Sanoatning 
elektr energiyasi ko‘p talab qiladigan tarmoqlari (rangdor metallurgiya, kimyo sanoatning ayrim 
tarmoqlari) bu omil bilan mahkam  bog‘langan. Elektr quvvatiga katta ehtiyoj  sezadigan sanoat 
tarmoqlarini  asosan  quvvat  manbalari  yaqinda  joylashtirish  maqsadga  muvofiqdir.  Azotli 
mineral  o‘g‘itlar  ishlab  chiqaruvchi  Chirchiq  va  Navoiy  kombinatlarining,  shuningdek 
Chirchiqdagi  qiyin  eriydigan  issiqqa  chidamli  metall  qotishmalari  kombinatning  Chirchiq 
Bo‘zsuv GESlari kasakadi hamda Navoiy GRESi yaqinda joylashtirilganligi bejis emas. 
Sanoatni  hududiy  tashkil  etish  va  joylashtirishda  transport  ham  muhim  ahamiyatga  ega. 
Chunki sanoatni xom ashyo va boshqa vositalar bilan ta’minlashda, korxonalar o‘rtasida ishlab 
chiqarish aloqalarini yo‘lga qo‘yishda, mehnat resusrlarining erkin harakatida va nihoyat, ishlab 
chiqarilgan  mahsulotlarni  iste’molchilarga  yetkazishda  transport  vositalaridan  keng  
foydalaniladi. 
Sanoatni rivojlanishi va joylashishiga sezilarli ta’sir etuvchi omil bu infratuzilma majmua 
ham kiradi. 
Asosan ishlab chiqarish infratuzilmasi (transport-aloqa vositalari, elektr uzatish liniyalari, 
suv  bilan  ta’minlash  tizimlari,  kanallar  imkoniyatlari  va  boshqalar)  va  ijtimoiy  infratuzilmalar 
(uy-joy,  maorif,  tibbiyot,  sport,  savdo  kabi  muassalar)  ga  bo‘linadigan  bu  majmuasiz  joylarda 
ishlab chiqaruvchi kuchlarni, jumladan, sanoatini rivojlantirib bo‘lmaydi. 


55 
Sanoatni  rivojlantirish  va  hududiy  joylashtirishda  tabiiy  resurslar  bilan  ta’minlanganlik 
darajasi  alohida  o‘rin  tutadi.  Chunki  yoqilg‘i,  energetika,  mineral  xom  ashyolar,  suv  va  qator 
boshqa resurslarsiz sanoatni, ayniqsa uning undiruvchi tarmoqlarini rivojlantirib bo‘lmaydi.  
Sanoat  tarmoqlariga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri bu tabiiy resurslar hisoblanadi. 
Tabiiyki, mahsulot xom ashyosiz yaratilmaydi. Sanoatning barcha tarmoqlari, masalan, tog‘-kon, 
o‘rmon,  baliqchilik  o‘z-o‘zidan  ma’lumki,  xom  ashyo  bo‘lmagan  rayonlarda  rivojlanmaydi. 
Bunday  sanoat  tarmoqlarning  joylashuvi  bevosita  foydali  qazilmalar  yoki  tabiiy  boyliklar 
geografiyasi bilan bog‘liq. 
Tabiiy resurslarga ko‘proq asoslangan sanoat tarmoqalarining joylashuvini o‘rganish eng 
avvalo  mamlakat  tabiiy  sharoiti  va  boyliklarini  bilishni  talab  etadi.  Turli  xil  qazilma 
boyliklarning  ma’lum  hududdagi  birligi  bu  yerda  ishlab  chiqarishni  kompleks  tashkil  qilishga, 
hududiy  majmualarni  shakllantirishda,  ishlab  chiqarishni  hududiy  tashkil  etish  samaradorligini 
oshirishga sabab bo‘ladi. 
Sanoat  tarmoqlariga    ta’sir  etuvchi  omillardan  biri  bo‘lgan  ekologik  omilning  keyingi 
yillarda ahamiyati oshib  bormoqda. Ekologik  jihatdan va eng avvalo kimyo, sellyuloza-qog‘oz, 
go‘sht,  vino,  konserva,  charm  zavodlari,  issiqlik  elektrostansiyalari  «nomaqbul»  hisoblanadi. 
Binobarin,  ular  aholi  joylashgan  maokazlardan  uzoqroq  bo‘lgani  yaxshiroq  ekologik  omilning 
ishlab  chiqarishning  hududiy  tashkil  etishiga  ta’sirini  kimyo  sanoati  misolida  ko‘rish  ayniqsa 
namunaviydir, chunki bu sanoat korxonalarini joylashtirilishi juda erkin xususiyatga ega. Sababi-
ular  o‘simlik,  hayvonat,  mineral  xom  ashyosi,  suv,  havo  asosida,  boshqa  sanoat  chiqindilari 
negizida ham rivojlanishi mumkin. 
Yuqoridagilardan tashqari  bozor iqtisoditi  omili  ham sanoat tarmoqlarini  joylashtirishda 
katta  ta’sir  ko‘rsatmoqda.  Bozor  iqtisodiyoti-bu  ishlab  chiqarish  erkinligi,  raqobat  va  ochiq 
iqtisodiyot  yurgizishdir.  Shu  bois  bozor  iqtisodiyoti  omilini  ishlab  chiqarish  tarmoqlarini 
hududiy tashkil etishga nisbatan tahlil etar ekanmiz, bu sharoitda aksariyat narsani, shu jumladan 
nimaga ixtisoslashuvi va qayerda joylashtirishni, natijada bozor, raqobat, talab belgilaydi, davlat 
esa o‘zining mintaqaviy siyosati orqali bu jarayoni boshqarib tartibga solib turadi. 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish