S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


I BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASI VA



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/443
Sana26.01.2022
Hajmi7,8 Mb.
#410875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   443
Bog'liq
2 5379724499933463631

I BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASI VA
 
UNING VAZIFALARI
1.1. Milliy xavfsizlik tushunchasi
Hozirda 29-avgust  1997-yili  qabul qilingan “0 ‘zbekiston Res- 
publikasining  milliy  xavfsizligi  konsepsiyasini  tasdiqlash  to‘g‘- 
risida”  qonuni  amalda.  Ushbu  qonunga  asoslanib,  milliy  xavfsizlik 
tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
0 ‘zbekiston  Respublikasining  milliy  xavfsizligi  deganda 
0 ‘zbekiston  Respublikasining  suverenitetini  ifodalovchi  va  hoki- 
miyatning  yagona  manbai  hisoblanuvchi  ko‘p  millatli  xalqining 
xavfsizligi tushuniladi.
Milliy  xavfsizlikning,  shartli  ravishda,  quyidagi  tashkil 
etuvchilarini ko‘rsatish mumkin:
-  iqtisodiy xavfsizlik;
-  ichki siyosiy xavfsizlik;
-  ijtimoiy xavfsizlik;
-  ma’naviy xavfsizlik;
-  xalqaro xavfsizlik;
-  axborot xavfsizligi;
-  harbiy xavfsizlik;
-  chegaraviy xavfsizlik;
-  ekologik xavfsizlik.
Iqtisodiy  xavfsizlik  -
  shaxs,  jamiyat  va  davlatning  iqtisodiy 
sohadagi  hayotiy  muhim  manfaatlarining  ichki  va  tashqi 
tahdidlardan  himoyalanganligi.  Iqtisodiy  xavfsizlikka  binoan  xalq 
o‘zining  iqtisodiy  rivojlanish  yo‘llari  va  shakllarini  tashqaridan 
aralashishsiz va bosimsiz mustaqil ravishda aniqlay oladi.
Ichki siyosiy xavfsizlik -
 hokimiyat institutlarining barqarorligi 
va  samaradorligi,  hokimiyat  tuzilmalarining  siyosiy  jarayonlami 
nazoratlash  qobiliyati,  aksariyat  fuqarolar  tomonidan  madadlashga 
erishish,  jamiyatda  siyosiy  barqarorlikni  ta’minlovchi,  samarali 
faoliyat  yurituvchi  nodavlat  siyosiy  institutlaming  mavjudligi  bilan


xarakterlanadi.  Ichki  siyosiy  xavfsizlikka  binoan  siyosiy  muno- 
sabatlar  sohasida  qarama-qarshilik,  siyosiy  ekstremizmning  omma- 
viy  tus  olishi,  hokimiyat  bilan  xalq  orasida  qarama-qarshilik 
bo‘lmaydi.  Fuqarolaming siyosiy ongi holati va jamiyatning siyosiy 
madaniyati  jamiyatning  xavfsiz  siyosiy  rivojiga  jiddiy  ta’sir 
ko‘rsatadi.
Ijtimoiy xavfsizlik -
 shaxs,  oila va jamiyatning hayotiy muhim 
manfaatlarining  ichki  va  tashqi  tahdidlardan  himoyalanganligi. 
Ijtimoiy  xavfsizlikning  obyekti  -  milliy  va  ijtimoiy  siyosat  tomo- 
nidan  tartibga  solinuvchi  xalq  turmushi  sifati  va  darajasini 
ta’minlovchi  ijtimoiy  tizimning  barcha  asosiy  elementlari.  Ijtimoiy 
rivojlanish  strategiyasi,  ulaming  uzoqligiga,  kambag‘allik  dara- 
jasiga,  turmush  darajasidagi  mintaqaviy  mutanosibligiga,  ta’lim  va 
sog‘liqni saqlash sifatiga, jamiyatdagi ma’naviyat va madaniyatning 
umumiy  darajasiga  va  nihoyat,  demografik  muammolariga  ta’siri 
ma’lum.
M a ’naviy  xavfsizlik  -
  bugungi  kunda  inson  ma’naviyatiga 
qarshi  yo‘naltirilgan,  bir  qarashda  arzimas  bo‘lib  tuyuladigan 
kichkina  xabar  ham  axborot  olamidagi  globallashuv  shiddatidan 
kuch  olib,  ko‘zga  ko‘rinmaydigan,  lekia  zararini  hech  narsa  bilan 
qoplab  bo‘lmaydigan  ulkan  ziyon  yetkazishi  mumkin.  Ayniqsa, 
ommaviy  madaniyat  degan  niqob  ostida  ahloqiy  buzuqlik  va 
zo‘ravonlik,  individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak 
bo‘lsa,  shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha 
ming  yillik  an’ana  va  qadriyatlarini,  turmush  tarzining  ma’naviy 
negizlariga  bepisandlik,  ulami  qo‘porishga  qaratilgan  xatarli 
tahdidlar  odamni  tashvishga  solmay  qo‘ymaydi.  Hozirgi  vaqtda 
axloqsizlikni  madaniyat  deb  bilish  va  aksincha,  asl  ma’naviy 
qadriyatlami  mensimasdan,  eskilik  sarqiti  deb  qarash  bilan  bog‘liq 
holatlar  bugungi  taraqqiyotga,  inson  hayoti,  oila  muqaddasligi  va 
yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko‘pchilik butun jahonda 
bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi 
kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda.
Xalqaro xavfsizlik -
 xalqaro munosabatlar nazariyasida xalqaro 
xavfsizlik 
deganda 
dunyo 
hamjamiyatining 
barqarorligini 
ta’minlovchi  xalqaro  munosabatlar  holati  tushuniladi.  Boshqacha 
aytganda,  xalqaro  xavfsizlik  -   xalqaro  munosabatlar  subyektlariga


urush xavfi yoki  suveren hayotiga va mustaqil  rivojiga  tashqaridan 
boshqa  tajovuz  xavfi  bo‘lmagan  holat.  BMT  Nizomiga  binoan, 
hozirda  xalqaro  tinchlikni  saqlashga  asosiy  javobgar  sifatida 
Xavfsizlik  Kengashi  belgilangan.  Faqat  aynan  ushbu  Kengash 
agressorga nisbatan sanksiya qo‘llash huquqiga ega.
Axborot  xavfsizligi  -
  mamlakat  madaniy  mulkining,  xo‘jalik 
subyektlari  va  fuqarolar  intellektual  mulkining,  davlat  va  kasbiy 
sirga  ega  maxsus  ma’lumotlaming  ishonchli  himoyalanganligi 
holati.
Harbiy  xavfsizlik  -
  harbiy  siyosat  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
harbiy  doktrinasida  ishlab  chiqilgan  nizomlarga  asosan  yuritiladi. 
Harbiy  doktrina  -   0 ‘zbekiston  Respublikasining  harbiy  xavfsiz- 
ligining  harbiy-siyosiy,  harbiy-strategik  va  harbiy-iqtisodiy  asosla- 
rini  belgilovchi  rasmiy  qarashlar  majmui.  Harbiy  doktrinaning  hu- 
quqiy  asosini  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi,  qonunlar 
hamda  harbiy  xavfsizlikni  ta’minlash  sohasidagi  0 ‘zbekiston  Res- 
publikasining  xalqaro  shartnomalari  tashkil  etadi.  0 ‘zbekiston 
Respublikasining harbiy xavfsizligini ta’minlashga rahbarlik Qurolli 
Kuchlarning  Oliy  Bosh  qo‘mondoni  hisoblanuvchi  0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Chegaraviy  xavfsizlik  -
  0 ‘zbekiston  Respublikasi  davlat 
chegarasi  va  chegara  oldi  hududlarining  himoyalanganlik  holati. 
Chegaraviy xavfsizlik  shaxs, jamiyat va  davlat xavfsizligining juda 
muhim  tashkil  etuvchilaridan  bin  hisoblanadi,  chunki  davlat 
barqarorligi  uning  chegaralarining  xavfsizligi  bilan  uzviy  bog‘- 
langan.  Chegara xavfsizligini  ta’minlash  zaruriyati  davlat chegarasi 
va  chegara  oldi  hududlarda  yuzaga  kelgan  tahdidlar  tizimiga 
asoslangan.
Ekologik xavfsizlik.
  Sivilizatsiyaning atrof -  muhitga faol ta’si- 
ri  natijasida uning  ifloslanishi yildan-yilga  oshib  bormoqda.  Ushbu 
salbiy ta’sir ayniqsa ekologik halokat joylarda, mineral resurslardan 
va  ishlab  chiqarishning  zararli  chiqindilaridan  oqilona  foydala- 
nilmaydigan joylarda kuchli bo‘ladi.



Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish