H imoyalanganlikni tahlillovchi dasturlar. Himoya samara-
dorligini nazoratlash, axborotdan ruxsatsiz foydalanish hamda axbo
rotni yoki axborotni ishlash va uzatish vositalarining normal ish-
lashining buzilishi evaziga, axborotning texnik kanallar bo‘yicha
sirqib chiqishini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida
amalga oshiriladi. Ushbu vazifani “xavfsizlik skanerlari” deb ata-
luvchi “himoyalanganlikni tahlillash vositalari” bajaradi. Quyida hi
moyalanganlikni tahlillash vositalarining dasturiy mahsulotlari kel-
tirilgan.
XSpider 7.8 - zaifliklami tatbiqiy hamda tizimli sathlarda tez-
dan samarali qidirishni amalga oshiruvchi tarmoq xavfsizligi ska-
neri. Ushbu skaner har qanday ko‘lamli tarmoqlarda xavfsizlik ma-
qomini nazoratlashning samarali tizimini barpo etadi.