TGT va seans kalitini
oladi. Bu ma’lumotlar faqat
TGT ta’siri vaqtidagina muhim
hisoblanadi.
TGT ta’sir muddati tugaganidan so‘ng bu ma’lumotlar
ma’noga ega bo‘lmaydi. Endi mijoz
TGT dan olingan mandat
yordamida unda ko‘rsatilgan
TGT ta’sirining butun muddati
mobaynida server
TGS da autentifikatsiyalashdan o'tish imko
niyatiga ega.
Server mandatlarini olish. Mijoz o‘ziga kerak bo‘lgan har bir xizmat uchun alohida
mandat olishi mumkin. Shu maqsadda mijoz
TGS xizmatiga
TGT
mandati va autentifikatordan iborat so‘rov yuborishi lozim. (Amalda
so‘rovni dasturiy ta’minot avtomatik tarzda, ya’ni foydalanuvchiga
bildirmasdan yuboradi.) Mijoz va
TGS serveri juftining kalitida
shifrlangan autentifikator tarkibida mijoz va unga kerakli serveming
identifikatori, tasodifiy seans kaliti va vaqt belgisi bo‘ladi.