BMI mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi
.
Hozirgi vaqtda neft va
gaz xom ashyolarini qazib olish va yangi konlarni ochish bilan dunyoda ko‘pgina
yirik kompaniyalar shug‘ullanmoqda. Qazib olinadigan neftning tarkibida yengil
uglevodorodlar mavjud, undan samarali foydalanishda bu fraksiyalarni
yo‘qotilishini bartaraf qilish yo‘llarini o‘rganishda xorijiy davlatlarda va
respublikamizda ham qator ishlar olib borilmoqda. Neftli yo‘ldosh gazlarni
atmosferaga chiqarib yuborish ishlari Kruk, Janubiy Kemachi, Shimoliy
O‘rtabuloq, Ko‘kdumaloq, Shimoliy Sho‘rtan, G‘armiston, Qumchuq, Shakarbuloq
va boshqa konlarda davom etmoqda. Bir yilda O‘zbekiston Respublikasi
konlaridan atmosferaga chiqariladigan gazlar umumiy qazib olinadigan
ko‘rsatgichga nisbatan 3% ni tashkil qilsa
bu katta boylik demakdir [14].
6
Do'stlaringiz bilan baham: |