8.4. Rivojlangan mamlakatlarning sug'urta bozori infratuzilmasi
Chet el mamlakatlari tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, davlat sug'urta nazorati
sug'urta kompaniyalarini nazorat qilish bilan birga sug'urta vositachilari faolivatini
nazorat qilishni ham talab etadi va bu holat sug'urta bozori rivojlanishining muhim
sharti hisoblanadi. CHunki busiz sug'urta xizmatlari iste'molchilaming himoyasini
ta'minlash mumkin emas.
Rivojlangan mamlakatlarda sug'urta vositachiligi instituti mehnat bozoriga
ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Yangi ish o'rinlari (shtat va shtatdan tashqari) ochilishi,
aholining bandligini ta'minlaydi. Har xil mamlakatlarda aholining 1-1,5 % sug'urta
sohasida ishlab kelmoqda84.
Sug'urta vositachilari faolivatini tartibga solishning huquqiy asoslari o'z
xususiyatlariga ega bo'lgan maxsus sug'urta qonunchiligida o'z aksini topadi. Lekin
oxirgi yillarda milliy qonunchilikda umumiy o'xshashliklar mavjud bo'layotganligini
kuzatishimiz
mumkin.
Bu
holat
Yevropa
Ittifoqi
doirasida
Yevropaning
integratsiyalashuvi natijasi desak mubolag'a bo'lmaydi. Bunga asos sifatida sug'urta
vositachiligini tartibga soladigan “Vositachilar to'g'risida"gi Yevropa Ittifoqining
1976 yildagi 77/92/SEE—sonli direktivasini keltirishimiz mumkin85.
Sug'urta agentlari sug'urtalovchi nomidan sug'urta bozorida ishtirok etishlari
jihatidan kelib chiqib, ulaming faoliyatlari sug'urtalovchilar bilan birga tartibga
solinadi. Sug'urta brokeri rivojlangan mamlakatlarda sug'urtalanuvchi (qayta
sug'urtalanuvchi) manfaatida bo'lganligi uchun uning faoliyati davlat tomonidan
alohida, maxsus usul va shaklda tartibga solinadi (litsenziyalashtirilishi va h.k.).
Sug'urta agentlari sug'urtalovchi bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida
ishlaydi (ayrim davlatlarda mehnat shartnomalari asosida). Chegaralangan tamoyil
^Elektronmanbaa; http: // w 'Y w .uisuranceconsulting.ru
85 /fCttiKtiHa
M.,
I
ocy.aapcrBeHHoe
perytutpoBaHHe
/teirrejibHocTH
cTpaxoBbix
areHTOB
ti
SpoaepoB
(Me>KH>,HapoziHBiH ora.IT). OHHaHCOBaa ra
3
eTa. PernoHajibHbiH BbinycK.
2000
i n n
2
-
coh
.
12
6
.
91
amal qiladigan mamlakatiar ham mavjud. linga ko'ra sug'urta agcntlari faqat hitta
sug‘urtalovchi bilan ishlashiga ruhsat beriladi xolos.
Sug'urta brokerlari sug'urta bozorining iqtisodiy mustaqil ishtirokchilari bo'lib.
tadbirkorlik faolivatining subyektlaridir. Sug'urta riski joylashtiri 1 ishida sug'urta
brokerining iqtisodiy manfaatdorligi bo'Imasligi va mijozni brokerning noinsof
harakatlaridan himoya qilish maqsadida chet ellarda daviat sug'urta nazorati va
monopoliyaga qarshi kurash organlari sug'urta brokerlari bilan virik sug'urta
kompanivalarining kelishuvlarini vamoliyaviy oqimlami nazoratga olishlari mumkin.
Bundan tashqari bir qator mamalakatlarda sug'urta brokerlari sug'urta
kompanivalarining ta'sischilari bo'lishlari mumkin emasligi, jismoniy shaxslar
sug'urta va brokerlik tashkilotlarida bir vaqtning o'zida faolivat ko'rsatishlari
(ishlashlari) mumkin emasliklari va boshqa shu kabi cheklovlar o'rnatilgan.
Barcha davlatlarda sug'urta brokerlari daviat ro'yxatidan o'tishlari va daviat
reestriga kiritilishlari talabi o'rnatilgan. Ko‘p mamlakatlarda brokerlar uchun yagona
talab, daviat ro'yxatidan o'tish - yuridik shaxslar uchun yoki xususiy tadbirkor
sifatida ro'yxatdan o'tish —jismoniy shaxslar uchun bclgilangan.
Ayrim mamalakatlarda daviat ro'yxatidan o'tish talabi sug'urta agcntlari uchun
ham majburiydir. Misol uchun Italiyada sug'urta agentlari dastlab xususiy tadbirkor
sifatida ro'yxatdan o'tkaziladilar. so'ng sug'urta agentlarining yagona reestriga
kiritiladilar86.
Ko'p mamlakatlarda (xususan, Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlarida)
qonun hujjatlari bilan sug'urta vositachilariga maxsus tayyorgarlikdan o'tish talablari
o'rnatilgan. Lekin bu talablaming mazmuni har xil; misol uchun, ayrim davlatlarda
sug'urta vositachilarining kasbiy tayyorgarlikdan o'tish muddatlari ikki xaftadan bir
necha oygacha belgilangan. Sug'urta nazorati organlari (sug'urta tashkilotlari
uyushmalari va jamoat tashkilotlari bilan
birgalikda) zimmasiga sug'urta
vositachilarining kasbiy tayyorgarliklari va malaka oshirishlari ustidan nazorat qilish
vazifalari yuklatilgan.
Ular o'quv kurslari dasturlarini, malaka talablarini. imtihonlami o'tkazish
tartibini va boshqa shu kabi standartlami ishlab chiqib, tasdiqlavdilar. Sug'urta
agentlariga nisbatan sug'urta brokerlarining kasbiy tayyorgarlik darajasi qattiqroq
nazorat qilinadi. Bundan tashqari ayrim hollarda maxsus tayyorgarlikdan o'tishdan
sug'urta vositachiligi faoliyatida uzoq muddatli stajga ega bo'lgan shaxslar ozod
etilishlari mumkin.
Umuman olganda sug'urta brokerlarining faoliyati barcha mamlakatlarda daviat
tomonidan sug'urta agentlari faoliyatiga nisbatan qattiqroq tartibga solinadi.
Germaniyada sug'urta bozori daviat tomonidan qattiq tartibga solingan. Sug'urta
nazorati organlarida ro'yxatdan faqat sug'urta broker (makler)lari o'tadilar. Sug'urta
agentlarining faoliyatlari federal qonunchilik asosida sug'urtalovchi va agent o'rtasida
tuziladigan shartnoma munosabatlari bilan tartibga solinadi.
Germaniyada faqat bitta sug'urta kompaniyasiga ishlaydigan, bir nechta
sug'urta kompaniyasi bilan ishlaydigan va sug'urta kompaniyasi ular uchun asosiy ish
joyi hisoblanmagan, sug'urta agentligi faoliyati boshqa kasbga qo'shimeha bo'lgan
"o'rindosh” agentlar faoliyat yuritadilar.
^FIAfmnmaiikM-http: // www.insuranceconsulting.ru
92
Germaniya va Fransiyada sug‘urta brokerlarining vositachiligi yordamida
barcha sug'urta shartnomalarining 18-20 %. Buyuk Britaniyada 70 %, AQSH da 80
%dan kam bo'lmagan miqdori tuziladi. AQSHda eng katta bo'lgan lOOta
sug'urtalovchi faqat sug‘urta brokerlari vositachiligida sug'urta shartnomalarini
tuzadilar87.
Ingliz-amerika huquq tizimida sug'urta munosabatlarini tartibga solishga katta
e’tibor berilgan. Lekin uning harnma tegishli qarorlari davlat miqyosida qabul
qilinmagan. Tartibga soiuvchi qarorlaming aksariyat qismi o'zini-o'zi boshqaruvchi
yoki jamoat organlar maqomiga ega bo'lgan sug'urta vositachilari uvushmalariga yoki
jamiyatlariga berilgan.
Rossiya Federatsiyasining sug'urta bozori infratuzilmasiga nazar tashlaydigan
boisak. uningi subyektlariga ham alohida talablar qo'yilganligini ko'rishimiz
mumkin. Misol uchun, Rossiya Federatsiyasida sug'urta ishini tashkil etish
to'g'risidagi ("Ob organizatsii straxovogo dela v RFV) qonunga ko'ra jismoniy shaxs
bo'lgan sug'urta agentlari va sug'urta brokerlari Rossiya Federatsiyasi hududida
doimiy yashaydigan fuqarolar bo'lishi lozim.
Bundan ko'rinib turibdiki, O'zbekistondagi talabdan farqli ravishda sug'urta
brokerlari jismoniy shaxs ham bo'lishlari mumkin. Lekin ular xususiv tadbirkor
sifatida ro'yxatdan o'tishlai'i talab etilganss. Sug'urta agentlari faqat fuqarolik-
huquqiy tusdagi shartnoma asosida faoliyat ko'rsatishlari belgilab qo'yilgan. Bu holat
Rossiya sug'urta kompaniyalarida sug'urta agenti lavozimi bo'lishi mumkin emasligi
bilan izohlanadi89.
Rossiya Federatsiyasida 2006 yil 1 iyuldan
Do'stlaringiz bilan baham: |