Sug'urtalovchining javobgarlik limiti
— tuzilgan sug'urta shartnomasidan
kelib chiqqan holda belgilanadigan sug'urta kompaniyasining mumkin bo'lgan eng
yuqori darajadagi javobgarligi. Sug'urtalovchining javobgarlik limiti sug urta polisida
o'z aksini topadi.
Audit
— sug'urta kompaniyasining molivaviy hisoboti to'g riligini yozma
ravishda tasdiqlash va tekshirish. Audit ishini maxsus malakaga ega bo'lgan auditorlar
amalga oshiradi. Auditorlik firmasi bilan sug'urta kompaniyasi o'rtasida shartnoma
tuziladi. O'zbekiston Respublikasida audit ishini Moliya vazirligining litsenziyasiga
ega bo'lgan shaxslar amalga oshirishi mumkin. Sug'urta kompaniyasining balansi
auditorlar tomonidan tekshirilgandan so'ng matbuotda e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |