2010, N°4.
Iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar, keskin o’zgarishlar. falokatlar va boshqa shu
kabilar tufayli sug’urtalovchining ziyon ko’rishligi sezilarli darajada farqlanishi
mumkin bo’lgan tarixdagi davrlar kabi kompaniya moliyaviy natijalarining keskin
o’zgarishidan qochishga intiladi.
Qayta sug‘urta qilish yirik zararlami yuzaga keltiruvchi. kutilmaganda yuz
berishi mumkin boigan yirik falokatli voki vaqt o’tishi bilan oshib boruvchi
(kumulyativ) qaltisliklami qoplash uchun foydalanilgan bo’Iishi mumkin.
Agar qayta sug‘urta qilingan boisa, sedentning ushlab qoladigan o ’ziga tegishli
qismi me'yoridan oshadigan to’lovini qayta sug’urtalovchi ta’minlaydi va sug’urta
badali uchun to’lanadigan summaning og’irligi bitta sug'urta kompaniyasi zimmasiga
tushmavdi.
Shu tarzda qayta sug'urta qilish juda katta zararlarda moliyaviy himoyani
taqdim etadi, buning natijasida kompaniyaning
moliyaviy
samaradorligini
muvozanatlashtirishga yordam beradi.
Kompaniyaning maqsadli pul fondlariga kelib tushadigan sug’urta mukofotlari
tugallanmagan shartnomalarga tegishli bo’lib, sug’urtalovchining o ’ziga qarashli
mulki hisoblanmaydi. Sug’urtalovchi javobgarligining o’lchamini ifodalaydi, ya’ni
ishlab topilmagan mukofot hisoblanib, maxsus zaxiraning (ishlab topilmagan zaxira
mukofoti — (RNP) jamlanishiga yo’naltirishi lozim. Shunday qilib, ishlab topilmagan
zaxira mukofoti sug’urta himoyasi hali tugamagan davrda oldindan mukofotning
toianishi daligini ifodalaydi.
Qayta sug’urta qilishdan ushbu zaxira hajmini kamaylirish uchun foy'dalanish
mumkin. Chunki ba’zi, ayniqsa yangi yo’nalishlar bo’yicha qaltisliklami qabul qilish
imkoniyati yana paydo bo’layotgan sug’urtalovchilar uchun ishlab topilmagan zaxira
mukofoti hajmlari bo’yicha talablar chegaralanishi mumkin. Qayta sug’urta qilish
sug’urtalovchiga yangi yo’nalishlami rivojlantirish va yangi mahsulotlami ishlab
chiqish imkonini beruvchi ishlab topilmagan zaxira mukofoti talab darajasini
kamaytiradi.158
Yuqoridagilami inobatga olib, biz qayta sug’urta qilishga quyidagi ta'rifni
keltirishimiz mumkin: qayta sug’urta qilish — bu bir sug’urtalovchi (qayta
sug’urtalovchi) tomonidan boshqa sug’urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi)ning sug’urta
(qayta sug’urta qilish) shartnomalari bo’yicha ma’lum shartlar asosida qaltisliklami
o’ziga qabul qilishi. Shunday qilib, qayta sug’urta qilish - bu sug’urtalovchi o’ziga
tegishli sug’urta operatsiyalari rentabelligi va moliyaviy barqarorligini ta’minlash
maqsadida sug’urtalanuvchi bilan shartnoma tuzayotib, o ’zi qabul
qilgan
qaltisliklaming bir qismini kelishilgan shartlar asosida boshqa sug’urtalovchilarga
berishiga asoslangan iqtisodiy munosabatlar dzimi.
Do'stlaringiz bilan baham: