2-bob. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlarini aniqlash
5. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlari faoliyatini harakatsiz
holatga o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
to‘qqiz oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha bank hisobvaraqlariga pul mablag‘lari
tushmaganligi;
to‘qqiz oy mobaynida soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi.
6. Tijorat tashkilotlarining bank hisobvaraqlariga to‘qqiz oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyati
bo‘yicha pul mablag‘lari tushmaganda tijorat banklari uch ish kuni ichida u hisobga qo‘yilgan
joydagi davlat soliq xizmati organiga Tizim orqali ushbu Nizomga
2-ilovaga
muvofiq ma’lumot
taqdim etadi.
7. Davlat soliq xizmati organi tijorat banklaridan ma’lumot tushgach va (yoki) hisobot
topshirish muddati tugagach uch ish kuni mobaynida ushbu Nizomning
5-bandi
talablari bo‘yicha
tijorat tashkilotlari to‘g‘risida Tizim orqali quyidagi idora va tashkilotlarni:
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ va ro‘yxatdan o‘tgan joydagi davlat statistika organlarini;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (shahar)
bo‘limini (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi);
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni;
avtotransport vositalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi va ro‘yxatdan o‘tkaziladigan boshqa texnika
vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarni;
O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligini xabardor qiladi.
Ushbu bandning
uchinchi — oltinchi xatboshilarida
ko‘rsatilgan idora va tashkilotlar tegishli
xabarnoma tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida o‘zlarining ma’lumotlar bazalarida tijorat
tashkiloti to‘g‘risida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni Tizim orqali taqdim etadi.
8. Davlat soliq xizmati organi ushbu Nizomning
5-bandida
ko‘rsatilgan yuridik shaxslar
bo‘yicha:
a) quyidagilarni:
tijorat tashkiloti haqiqatda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmaganligini;
mol-mulki mavjudligini;
yuridik va faoliyat ko‘rsatish manzilida mavjudligini;
tijorat tashkilotining barcha qarzdorliklari (2-son kartotekasi) tahlilini;
Oldingi
tahrirga qarang.
soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorligi mavjudligini;
(8-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y.,
09/21/1/0002-son)
b) muassislarining (qatnashchilarining) turar joyini aniqlash va ularni tugatish jarayoniga jalb
qilish choralarini ko‘radi;
v) moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlari muassislariga
(qatnashchilariga) tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatishni taklif etadi. Tijorat tashkiloti o‘n ish kunida
ixtiyoriy tugatishga kirishmagan, tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilar) ixtiyoriy tugatishni
amalga oshirishni rad etgan, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarni aniqlash mumkin bo‘lmagan
taqdirda, ushbu Nizomning
9-bandida
nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
g) tijorat tashkilotining muhri, shtamplarini (agar mavjud bo‘lsa), davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani, shuningdek, mavjud bo‘lsa tovar belgisining ro‘yxatdan
o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani tijorat tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazgan organga
topshirtirish choralarini ko‘radi;
Oldingi
tahrirga qarang.
d) yig‘ilgan va mavjud ma’lumotlar asosida tijorat tashkilotining faoliyatini kameral soliq
tekshiruvidan o‘tkazadi.
(8-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi
1-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |