Bog'liq 50. Tolipov N., Abdirasilov S., Oripova N. «Rangtasvir».T.O‘zbekiston ,2006.
tez o'zgaradigan plener sharoitida dastlabki taassurotni
muxrlab q o ‘yadigan qisqa fursatli ranglavhalar ishlash
ayniqsa muhim. 1-M A S H Q . Kunduzgi quyosh nurida yoritilgan bosh ning ranglavhasi. Mashqning maqsadi — kunduzgi quyosh nurida yorug'lik
muhitini ifodalash. Bosh quyosh nuri bilan yoritilgan bo‘lsa,
bo'yoqlarning umumiy gammasi yorug'lashadi. Kuchli qu
yosh nuridan boshning lokal rangi deyarli rangsizlanib qoladi.
Quyosh nuri qiya burchak ostida yoritilishi biroz kamaya-
di. Boshning yoritilgan qismi reflekslar yordamida asta ma’lum
ranglarni egallay boshlaydi. Yuqoridagi osmon rangi, pastdan
yer, ko'katlar tasvirlanayotgan boshga reflekslar berib ranglar
kuchayadi.