Ayollar haqida.
Jozibali ayol yoshi, o‘z darajasi, ma’lum holatlarga
nisbatan doimo mos ravishda o‘zini tutadi va kiyinadi. Tashqi ko‘rinishda
jozibalilikka erishish zamonaviylikka nisbatan zehn bilan yondashuvdadir.
Zamonaviy kiyingan ayol deganda, o‘ta yorqin va qimmatbaho libos bilan o‘ziga
jalb qiladigan ayol nazarda tutilmaydi.
Zero, bashanglik libosning
qimmatbaholigidan emas, balki nafislik va yuksak diddan iboratdir. Zargarlik
do‘konidagi rastalarga o‘xshab, o‘zini qimmatbaho taqinchonlarga ko‘mib tashlash
kulgulidir. Ayolning kostyumi, uning didi ayol kishining botiniy madaniyatiga,
badiiy didning darajasiga bog‘liqdir. Bu uning iste’dodini zamonaviylikka harbiy
buyruqqa kabi ko‘r-ko‘rona taqlid qilish qoidasi emas, balki xayolotning o‘yiniga
turtki beruvchi shunchaki ijodiylik sifatida qabul qilishiga bog‘iqdir. Aqlli ayol o‘z
tanlovining imkoniyatlarini birmuncha kengaytirish maqsadida zamonaviylikdan
biroz qolib ketishdan yoki undan o‘zib ketishdan qo‘rqmaydi. Va oxir – oqibat u
barcha mavjud imkoniyatlardan ayollik fazilatini yorqin ifodalay oladigan va
illatlarini berkitadigan variantlaridan birida to‘xtaydi.
Barcha holatlarda ayollik fahm-farosatining qobiliyatini o‘stirish va uni
tarbiyalash uchun modalar jurnalini doimiy ravishda kuzatib borish yetarli emas.
Buning uchun badiiy ko‘rgazmalar, teatr kabi san’atga bog‘liq joylarda bo‘lib
turish, ko‘chadagi turli-tuman odamlarni kuzatish, musiqa tinglash, odamlar
orasida bo‘lish, xullas, ichki didni boshqalar didi bilan solishtirish va rivojlantirish
zarur. Bundan tashqari, ichki, ruhiy ayollik latofatini o‘zida rivojlantirmoq lozim.
Buning uchun esa yuksak darajadagi badiiy kitoblarni o‘qishni, bolalarga
xayrixohlik bilan jilmayishni, yoshlikdan uzoqlashayotgan qalbni qanday u
ta’sirchan yoki qattiq bo‘lmasin, yumshatishni maslahat beramiz. Ayolga xos
bo‘lgan nazokatni tabiatdan olishga harakat qiling: tabiatning rang-barang
bo‘yoqlari-yu, tizmalari va uning ohangini ko‘ra bilishni o‘rganing. Va, albatta,
muhabbat ayol kishini yanada go‘zallashtiradi. Hayotning ikir-chikir tashvishlariyu
qiyinchiliklariga qaramasdan sevishni o‘rganing. Muhabbatsiz go‘zallik tez
so‘nadi. Biz esa
“Go‘zallik dunyoni qutqaradi”,
degan naqlni unutganimiz yo‘q.
Dunyoni saqlab qolish uchun doimo go‘zal bo‘lishga intiling. Bunga esa agar
istasa, har qanday ayol tinimsiz o‘z ustida ishlash orqali erishishi mumkin. Agar
ayol kunda o‘zining tabiatini tarbiyalab borsa, o‘ziga va qalbiga oz bo‘lsa ham
erinchoqlikka yo‘l bermasa, o‘z-o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lsa, odamlarni
hurmat qilishni, sevishni va ularga nisbatan rahm-shafqatli bo‘lishga o‘zini
o‘rgatsa, o‘z didini rivojlantirib, aqlini charxlasa, yaqinlarini egovlab, ularni janjal
bilan qiynamasa, o‘ziga o‘zi hadeb achinavermasa, va shikoyatchiga aylanmasa –
shulardan keyingina ayol kishiga xos bo‘lgan latofat boshlanadi. Va hech qanday
bashang liboslar uning aksini berkita olmasligini unutmang. Jizzakilik, g‘azab,
surbetlik, qo‘pollik, hasad, xo‘jayinchilikka bo‘lgan ehtiros va boshqa inson
gunohlarini (afsuskiy ayollarga xos bo‘lgan) qimmatbaho va yaltiroq lattalar bilan
berkitib bo‘lmaydi.
Ayol kishi, ayniqsa uyda chiroyli kiyinishi lozim. Bunda rangi o‘chib
ketgan, tor yoki osilib ketgan kiyimlar kiyish nojoizdir. O‘zimizga mos tarzda
kiyinishimiz to‘satdan mehmonlarning kirib qolishini aytmagan holda, yaxshi
35
kayfiyat bilan yurish uchun kerak. Ro‘zg‘or masalasini hisobga oladigan ayollar,
eskirgan liboslarni yaxshi uyda kiyadigan kostyumga aylantirishlari mumkin. U
nafaqat qulay, balki zamonaviy bo‘lmog‘i ham lozimdir. Ayol kishining
shalviragan kiyimlarni kiyishi yoki eskirgan kiyimlarga qayta ishlov bergach, uni
“uy kiyimiga ko‘zi qiymay”
shkafga ilib qo‘yuvchilarni hech narsa bilan oqlab
bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |