Sovg‘a qanday taqdim etiladi?
O‘ziga bo‘ysunuvchilarga firma rahbari sovg‘a bermoqchi bo‘lsa,
xodimlarni bayramona tushlikka taklif etib, yoki aksincha, rahbarni bayram bilan
tabriklash lozim bo‘lganida ham shunday yo‘l tutiladi.
Ammo berayotgan sovg‘a qimmatbaholigi bilan rahbarga xushomadgo‘ylik
qilayotgandek bo‘lib qolmasligi kerak.
Ayollar etiketni buzganda
Quyida esa ayol va erkak munosabatlarida ayollarning xatosi ko‘rsatiladi.
Hiringlash, stol atrofida lab bo‘yash, albatta, yaxshi emas. Bu erkak kishini stol
atrofida soch taraganiga o‘xshab xunuk ko‘rinadi.
Ishxonada ko‘cha so‘zlari, qo‘pol o‘xshatishlarni ishlatmang, bu sizning
lug‘at boyligingiz kambag‘al ekanligini ko‘rsatadi. Ish vaqtida shaxsiy masalalar
yuzasidan telefonda gaplashish. Bunday suhbatlarni tushlik vaqtida amalga
oshiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |