Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/108
Sana25.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#408647
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   108
Bog'liq
nasoyim ul-muhabbat

Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)  
Alisher Navoiy
 
 
92 
library.ziyonet.uz/ 
 
yuz qirq sakkizda dunyodin oʻtubdur va qabri Shuniziyadadur. Sariy Saqatiy qabri 
yonida, Junaydqa yaqin. Ul debdurki, [Javonmardlik oʻz nafsini xor, musulmonlar 
hurmatini uluq bilmakdir]
(1)
. Va ham ul debdurkim, [oliyhimmat boʻl! Zotan kishini 
jiddu jahd emas, oliyhimmat kamolga yetishtiradi]
(2)
. Shayx ul-islom dedikim, Ja’far 
Xuldiydin soʻrdilarki, oriflar kimlardur? Dedikim, alar emasdurlar alar va agar alar 
alardurlar, emasdurlar alar. 
287.
 
A
BULHASAN 
S
UFIY 
F
USHANJIY R
.
 T

Beshinchi tabaqadindur. Oti Ali b. Ahmad b. Sahl. Xurosonning yagonalari va 
javonmardlaridin erdi. Abu Usmon Hiriyni koʻrub erdi va Iroqda Ibn Ato va Jaririy 
bila suhbat tutub erdi. Va Shomda Tohir Maqdisiy va Abu Amr Dimishqiy bila 
musohib boʻlub erdi. Va Shibliy bila qavm masoyilida soʻz aytishib erdi. [U tavhid va 
muomalot ilmida oʻz davri mashoyixlarining olimi, tajrid va javonmardlik tariqatida 
ularning yaxshirogʻi edi. Goʻzal xulqli, diyonatli, faqirlarga hamdard edi. Hijratning 
uch yuz qirq sakkizinchi yili olamdan oʻtdi]
(1)
. Poʻshangdin erdi va Nishoburda sokin. 
Bu qavmning tariqin yaxshi bilur erdi. Va mufid safarlar qilib erdi. Andin soʻrdilarki, 
tasavvuf nedur? Dedikim, [zamonimizda tasavvuf bir ismga aylangan, haqiqat emas. 
Ilgari ism emas, haqiqat edi]
(2)
. Abu Usmon Magʻribiy debdurkim, andin soʻrdilarki, 
zarif kimdur? Dedikim, [zarif – tabiati, axloqi, fe’li va shaklu shamoyilida soxtalik 
boʻlmagan kishidir]
(3)
. Va ham ul debdurki, [bu dunyoda biror sabab va gʻaraz bilan 
sevuvchi kishidan koʻra xunukroq narsa yoʻq]
(4)

288.
 
B
UNDOR 
H
USAYN B
.
 
M
UHAMMAD B
.
 
M
UHALLAB 
S
HEROZII Q
.
 S

Beshinchi tabaqadindur. Kuniyati Abulhusayn, Sheroz ahlidin. Arjonda boʻlubdur va 
qabri andadur. Usulda olim erdi. Anga ulumda haqoyiqi rabboniydur, Shibliyning 
shogirdidur va Abu Abdulloh Xafifniig ustodi. Shibliy aning qadrin biyik tutar erdi. 
Va Ja’far Haddod bila suhbat tutubdur. Uch yuz ellik uchda dunyodin oʻtubdur. Ul 
yilki Shayx Abu Ali Kotib oʻtubdur. Va Shayx Abu Zur’a Tabariy ani gʻusl, qilibdur. 
Andin soʻrdilarki, tasavvuf nedur? Dedikim, ahdqa vafo. Shayx ul-islom debdurki, 
ahdqa vafo uldurkim, harne koʻngulga kechsaki, aning uchun qilayin, qilgʻaysen. Va 
Bundor soʻzidurkim, [kimki Haq qarshisida xolis barcha narsani tark qilmas ekan, 
uning uchun butun borliqning haqiqati – Haq s. t. hosil boʻlmaydi]
(1)

289.
 
A
BU 
A
MR 
N
UJAYD Q
.
 S

Beshinchi tabaqadindur. Oti Ismoil b. Nujayd b. Ahmad Sulamiy. Shayx Abu 
Abdurrahmonning jaddi. Abu Usmon Hiriyning kibori ashobidindur. Uch yuz ellik yo 
oltmish oltida olamdin boribdur. Junayd. q. s. ni koʻrub erdi, vaqtining kibori 
mashoyixidin erdi. Hol talbisi va vaqt nigohdoshtida anga xush tariqi erdi. Aning 
soʻzidurkim, [sukut soʻzga nisbataya ta’sirliroq va tezda yetib boradi]
(1)
. Va ham ul 
deb-durki, [kimga nafsi aziz tuyulsa, dini xor koʻrinadi]
(2)
. Va ham ul debdurki, 
[ehsonni tarbiyalash ehsondan yaxshidir]
(3)
. Andin soʻrdilarki, ul nedurki, bandagʻa 
andin chora yoʻqdur? Dedi: [sunnatga muvofiq banda-lik qilishni lozim koʻrmoq va 
doimo muroqabada boʻlmoq]
(4)
. Va ham ul debdurki, [Alloh taolodan boshqasini 
doʻst tutish–vahshiylikdir]
(5)

290.
 
A
BDULLOH B
.
 
M
UHAMMAD B
.
 
A
BDURRAHMON 
R
OZII Q
.
 S




Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish