Pedagogikainstituti



Download 6,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/45
Sana25.01.2022
Hajmi6,33 Mb.
#408579
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
Bog'liq
Психология тарихи Жураев Н.С.

Atman 
bilan 
braxman 
to‘g‘risidagi tezis atman absolyutga tengdir, 
deb  talqin  etilishi  mumkin.  Faqat  ana  shunday  sharoitda  individ 
o‘ limdan keyingi yangi qayta tirilishlarga qodir bo‘ladi. Hind falsafasiga 
binoan  odam 
sansciradan,
  hayotlar  va  o‘limlar  «xorovodi»dan  xalos 
bo‘lishi  lozim.  Butun  hind  falsafasi  mujassamlasxishlaming  abadiy 
siklidan  xalos  bo‘lish  (moksha) yo‘lini  izlaydi.  Bunday  qoida nafaqat 
Upanishadlarda,  shu  bilan  birga  buddizm  falsafasida  ham  yetakchi 
o‘rin tutadi.
Hind falsafasining bu sikldan xalos boiishga nima uchun bunchalik 
alohida  e’tibor  qaratganligini  qisqacha  ko‘rib,  chiqamiz.  Shubhasiz, 
bu  unga  xos  bo‘lgan,  karma  haqidagi  ta’limotda  ifodalangan  faoliyat 
tushunchasi bilan bog‘liq  edi.  Unga ko‘ra,  bizning xatti-harakatlarimiz 
navbatdagi  hayotda  «braxman»  yoki  kaltakesak  bo‘lib  qayta 
tug‘ilishimizni  belgilab  beradi -  bu  million-million  imkoniyat  ichidan 
bizning peshonamizga bitishi mumkin bo'lgan atigi ikkitagina taqdirdir.
Karma  ko‘pincha  butun  hind  falsafasining  o‘zagi  bo‘lgan  asosiy 
lushuncha  sifatida  ko‘rib  chiqiladi.  Karma  xatti-harakat,  amalni 
anglatadi.  Karmacha  fikrlash  uslubi  deb  ataladigan  uslub  ayni  bir 
vaqtda  falsafaning  axloqiy  va  metafizik  mezonlarini  ochib  beradi, 
ular  hozirgi  G‘arb  falsafasida  odatda  bir-biridan  ajratib  qo‘yilgan. 
Bu  karmaning  reinkamatsiyaga,  qayta  tug‘ilishga  ishonch  va  axloqiy 
sabablilik g‘oyasi bilan chambarchas bog‘langandir. Axloqiy sabablilik 
deganda koinotning adolat bilan sug‘orilganligi tushuniladi. Biz har bir 
kishi o‘zi xizmat qilgan narsasini oladigan olamda yashaymiz,  lekin bu 
yerda yana keyingi hayotda yaxshiroq holatga erisxish imkoniyati ham 
mavjud.  Boshqacha  aytganda,  saxovatpesha  kishi  uchun  yaxshilikka, 
gunohkor  odamga  esa  —  yomonlikka  tomon  istiqbollar  ochiladi. 
Dunyodagi  barcha  nomukamalliklar  va  azob-uqubatlar  odamning  o‘z 
xatti-harakatlarining  oqibatidir.  Biroq  muayyan  tabaqaga  mansublik 
odam  uchun  yaxshi  va  yomon  bo‘Iib  hisoblanadigan  narsani  jiddiy 
darajada  taqdim  etadi.  Shunday  qilib,  Upanishadlar  tabaqali  tizimni


legitimlashtiradi. Odamlar muayyan tabaqaga mansub bo‘lish huquqini 
o‘zlarining bundan oldingi  hayotida «ishlab topgan».
Karma  haqidagi  tasaw ur  Yevropacha  tafakkurga  butun lay  yot 
emas.  U  jumladan,  «har  bir  kishi  o‘z  baxtining  yaratuvchisidir»  va 
«nima  eksang,  shuni  o‘rasan»  kabi  maqollarda  ifodalangan.  Biroq 
Yevropacha  tafakkurda,  hindlamikidan  farqli  ravishda,  axloqiy 
sabablilik reinkamatsiya bilan  bog‘lanmaydi.  Reinkamatsiya g‘oyasi -  
bu spetsifik hindcha fenomendir.
Shunday qilib, hind falsafasida axloqiy xatti-harakatlar «aylanish»ga 
kiritilgan. Reinkamatsiya to‘g‘risidagi ta’limotning G‘arbdagi ko‘pgina 
talqinlari, ayniqsa, yangi davrga oidlari uni individning ko‘plab hayotlari 
yoki  hatto  uning  abadiy  hayoti  haqidagi  g‘oyaning  ifodasi  sifatida 
ко‘rib  chiqilgan.  Masalan,  Nisshening  hind  falsafasi  kayfiyatlari  bilan 
sug‘orilgan  hamma  narsalaming  «abadiy  takrorlanishi»  to‘g‘risidagi 
nazariyasi  borliqni  xristiancha  tushunishga  pozitiv  muqobillik sifatida 
ko‘rib  chiqilishi  mumkin.  Ehtimol,  reinkamatsiya  g ‘oyasini  u  o‘lim 
oldidagi  qo‘rquvni  bartaraf etishi  va  bizga  takror  va  takror  yangicha 
yashash,  ya’ni  amalda  cheksiz  sonli  umrlami  yashash  imkoniyatini 
berishi  uchun  ham  ijobiy  baholasa  kerak.  Biroq  bunday  mulohazalar 
shaxsni karmaga oid shakl o‘zgarishlar zanjiriga singdirib yuboradigan 
hindcha dunyoqarashga unchalik muvofiq  kelmaydi.
Darhaqiqat,  xatti-harakatlar  (shu  jumladan,  nutq  va  tafakkur), 
xoxish  -istaklar  va  ehtiroslar  muammosi  hind  falsafasi  uchun  asosiy 
muammolar  bo‘lib  hisoblanadi.  Reinkamatsiya  haqidagi  ta’limotning 
ta’kidlashicha,  bizning navbatdagi hayotdagi  mavjud  bo‘lish  shaklimiz 
bu hayotdagi orzularimiz va ehtiroslarimizni aks ettiradi.
Buni  o‘z  yo‘lida  uchraydigan  hamma  narsani  yeb,  hazm  qilib 
yuboradigan kapalak qurti bilan qiyoslash  o‘rinli  bo‘lishi mumkin.
Kapalak  qurtiniki  kabi  xohish-istaklarga  ega  bo‘lgan  kishi 
navbatdagi hayotida unga aylanadi. Kapalak qurti G‘arb mentalitetining 
tobora ko‘proq va beto‘xtov  iste’molga nisbatan to‘yim  bilmas ehtiros 
bilan ifodalanadigan xususiyatining obrazi bo‘ladi. Shu sababli kapalak 
qurtiga aylanmaslik uchun unga xos bo‘lgan xatti-harakatlar va xohish- 
istaklardan yiroq bo‘lish kerak.

Download 6,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish