n. cutaneus dorsalis medialis
oyoq panjasi va bosh
barmoqning ichki chekkasi terisini, hamda II-III barmoqlarning bir-biriga
qaragan yuzalari terisini innervatsiya qiladi. Ikkinchi shoxi -
n. cutaneus
dorsalis intermedius
oyoq kaftining ustki lateral yuzasi bo‘ylab tushadi
va
n.digitalis dorsalis pedis
larga bo‘linib, III, IV va V barmoqlarning bir-
biriga qaragan yuzasi terisini innervatsiya qiladi.
Chuqur kichik boldir nervi
(n. peroneus profundus)
suyaklararo pardaning
oldingi yuzasi bo‘ylab oldingi katta boldir arteriyasi bilan birga oyoq kafti
ustiga chiqadi. Birinchi kaft oralig‘ining distal uchida ikki
(nn.digitalis
dorsalis)
ga bo‘linib I va II barmoqlarning bir-biriga qaragan yuzasi terisini
innervatsiya qiladi. Chuqur kichik boldir nervining mushak shoxlari oldingi
katta boldir, barmoqlarni yozuvchi uzun, bosh barmoqni yozuvchi uzun,
barmoqlarni yozuvchi kalta va bosh barmoqni yozuvchi kalta mushaklarni,
hamda boldir-tovon bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi.
Oyoq terisini innervatsiya qilishda bel va dumg‘aza chigalining shoxlari
ishtirok etadi. Dumba sohasi terisini bel va dumg‘aza orqa miya nervlarining
orqa shoxlarining lateral teri tarmoqlari bo‘lgan ustki va o‘rta dumba
nervlari
(nn. clunium superiores et medii)
innervatsiya qiladi.
Son sohasi terisini tanosil-son, yopqich, son, sonning orqa teri nervi shoxlari
innervatsiya qiladi.
Boldir terisini son, katta boldir, umumiy kichik boldir nervi shoxlari
innervatsiya qiladi.
Oyoq panjasining ust tomonini yuza va chuqur kichik boldir nervi shoxlari,
oyoq kafti terisini esa medial va lateral kaft nervlari shoxlari innervatsiya
qiladi.
Pereferik nervlarning tarqalish qonuniyatlari
1.Nervlar markaziy nerv tizimi joylashgan o‘rta chiziqdan yon tomonga
qarab tarqaladi.
2.Tananing tuzilishi ikki tomonlama simmetriyaga asoslangani uchun
nervlar juft bo‘lib simmetrik yo‘naladi.
3.Tananing metamer tuzilishiga mos ravishda nervlar segmentar tuzilishni
saqlaydi.
4.Nervlar miyadan chiqqan joydan a’zogacha qisqa yo‘l bilan boradi. Agar
a’zo o‘zining hosil bo‘lgan joydan surilsa, nerv ham uning ketidan yo‘naladi
(n. phrenicus).
5.Mushaklar nervl orqa miyaning shu miotomlariga mos segmentlardan
chiqadi.
6.Agar mushak bir nechta miotomdan hosil bo‘lsa, bir nechta nerv bilan
innervatsiya qilinadi (qorinning keng mushaklarini qovurg‘alararo nervlar
va bel chigali shoxlari innervatsiya qiladi).
7.Yuza (teri) nervlar teri osti venalari bilan, chuqur nervlar esa arteriya,
vena va limfa tomirlari bilan tomirli-nervli dastalar hosil qiladi.
8.Tomirli-nervli dastalar tarkibidagi nervlar bukiluvchi yuzalarda yotadi.