III.6. ELEKTROENERGETIKA SANOATI
Hozirgi zamon ishlab chiqarishini elektr quvvatisiz tasavvur qilish qiyin.
Shu xususida, elektroenergetika sanoat tarmog‘i elektr energiyasi ishlab chiqaradi
va turli boshqa barcha tarmoqlar uchun muhim mahsulot yaratadi. Shuningdek,
ushbu sohaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u yaratgan mahsulotni, ya‘ni elektr
quvvatini jamg‘arib, omborxonalarga yig‘ib bo‘lmaydi, undan ayni paytning
o‘zida, sinxron ravishda foydalanish kerak. Bundan tashqari, elektr quvvati yuqori
kuchlanishli elektr tarmoqlari orqali uzoq masofalarga ham uzatilishi mumkin.
Elektroenergetika juda muhim tarmoq bo‘lib, unga doir misol va masalalarni
ishlash usullarini o‘rganish ham ahamiyatli hisoblanadi. Quyida ushbu tarmoqqa
doir ayrim hisob-kitoblar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |