Ekspert baholash usuli
– ishlab chiqarish kuchlarining tarmoqlar va
hududlar bo‗yicha istiqbolda rivojlanishini yuqori malakali ekspertlar yordamida
baholashdir. Ekspert baholash usuli, ayniqsa, insonning xo‗jalik faoliyati tufayli
atrof-muhitda yuz berayotgan o‗zgarishlarni baholashda keng qo‗llanilmoqda.
Prognoz qilish usuli
– iqtisodiyotning rivojlanishi, aholi soni va tarkibini,
hududlarning kelajakda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ilmiy bashorat qilishdan
iboratdir. Iqtisodiy bashorat qilish ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni oldindan bilish,
bu muammolarni aniqlash va jamiyat taraqqiyotining ilmiy asoslangan
yechimlarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |