“Xalq maqom
va rutba uchun tubanliklarga bardosh etar, yaramas
hollarga tushar, yuksaklik umidi ila xorlikdan lazzat olar,
tahqirlanishdanxushlanar”.
Ogahiyning g‘azali – ijtimoiy, siyosiy, axloqiy-
falsafiy ma’nolarning mujassamlashuvidan yaralgan
voqeaband g‘azal. Shoir ijtimoiy-siyosiy va axloqiy
hodisot “zanjir”larini bir-biriga shunday mohirlik
bilan bog‘laydiki, natijada o‘quvchi johil va xudbin
mansabdorlardan mulk, millat va yurt boshiga qanday
ofatlar yog‘ilishini jonli manzaralar bilan anglash
imkoniga erishadi. Va uning:
Qolmag‘ay amniyat osori agar topsa rivoj,
Shahraro avboshlar, beboklar, berohlar, –
degan so‘zlariga iqror bo‘libgina qolmasdan, yurtda
betayin, behayo va yo‘ldan adashgan kimsalarning
ko‘payishi sababiga oldingidan ko‘ra kengroq va
chuqurroq nazar tashlaydi. Lekin shoirning bosh
maqsadi, she’rning yozilishiga asos bo‘lgan fojialardan
faqat el-ulusni emas, birinchi navbatda, shohni ogoh
etish edi. Chunki shoh o‘z amaldorlari ahvolidan g‘ofil
qolganda og‘ir kulfatlarga yuzma-yuz kelishini tarix
qayta-qayta namoyon etgandurki:
G‘ofil o‘lsa shoh agar mulk-u sipoh ahvolidin,
Boshga ish tushganda sud etmas fig‘on-u ohlar...
Afsuski, davlatchilik tariximizda donishmand
shoirning bu fikrlarini tasdiqlaydigan hodisalar ko‘p
bo‘lgan.
Oxirgi baytni o‘qiymiz:
Ogahiy, qil shohi ogohing duoiy davlatin
Ki, onga arkoni davlatdur hama ogohlar.
Ogahiy podshohning hushyor va hamma narsadan
ogohligini e’tirof etganda, ehtimol, samimiy bo‘lgandir.
Balki shoh saroyidagi arkoni davlatning barchasi ham
nazari ochiq, mulk-u millatiga sodiq kishilar bo‘lgandir.
Agar shunday bo‘lganida shoir ichki bir hasrat bilan
qo‘liga qalam olmasdi. Boshqa bir o‘rinda:
Rostravlik, Ogahiy, ruxdek seni solmish yiroq,
Qurbi shoh topg‘ay eding kajrav esang farzin kabi –
deya shohga bu to‘g‘rilik yo‘li bilan erishiladigan ish
emasligini alohida ta’kid ila gapirmasdi. Umuman
olganda, maqta’dagi fikr o‘zidan oldingi fikrlar bilan
mohiyatan to‘la muvofiq kelmaydi. Unda qandaydir
chekinish, qandaydir xavfdan ehtiyot seziladi.
Albatta, arkoni davlatga tegishli keskin tanqid
nechog‘lik to‘g‘ri bo‘lmasin, qay bir tomondan
shohga maqbul kelmasligi mumkin. Oddiy inson ham
anglaydigan ushbu haqiqatni donishmand va mutafakkir
bir shoir har tomonlama hisobga olmasligiga aql
bovar etmaydi. Shuning uchun oxirgi baytdagi hukmni
o‘quvchi kinoyadan yiroq, ehtiyot mazmunida bildirilgan
hukm o‘laroq qabul qiladi.
Bundan tashqari, g‘azalda ilgari surilgan tanqidiy
ma’noni shoh ma’lum darajada xolis qabul aylashiga
shoirda ishonch bo‘lgan. Aks holda bu qadar jur’at va
erkinlik bilan qalam tebrata olmasdi.
Adabiyotni hech vaqt zamon va davrdan ajratib
bo‘lmaydi. Biroq adabiyotni zamon va davrga tobe
qiyofada tasavvur etish ham noto‘g‘ri. O‘z-o‘zicha
zamonning ham, davrning ham adabiyotga uncha
qizig‘i yo‘q. Haqiqiy adabiyot – insonni davr va zamon
ko‘zgusida emas, balki zamon va davr qiyofasini inson
taqdiri oynasida aks ettirish san’atidir.
Adabiyotning mutlaq haqiqat va abadiyatga daxldor
tushunchalari ana shunda taraqqiy topadi. Adabiyotga
xos ana shu talab va qonuniyatni Ogahiy nihoyatda
teran anglab ijod qilgan. Ogahiy uchun she’r “Jahonda
to qiyomat yodgor” bo‘lib qoladigan kashf va ilhom
hosilasi edi. Buyuk shoirning devonida umri boqiy
she’rlarining ko‘pligi ham shu fikrning tasdig‘idir.
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
33
Yozuvchi o‘z asari kompozitsiyasiga folklor
unsurlarini singdirib yuborish orqali asarning
xalqchilligini oshiradi. Bunday xususiyat Isajon Sulton
hikoyalarida ham kuzatiladi. Adibning qirqdan oshiq
hikoyalarida folklor unsurlari qatnashib, ular ma’lum bir
poetik vazifani bajaradi.
Yozuvchi hikoyalarida ishlatilgan folklor unsurlarini
quyidagicha tasnif qilish mumkin:
1) mifologik asosli ramziy obrazlar;
2) ertakka xos kompozitsiya;
3) hikoya tarkibida rivoyatlarning kelishi;
4) hikoyalarda maqollardan foydalanish;
5) hikoya sujetiga dostonlar ta’siri;
6) hikoyada urf-odatlar va an’analarning aks etishi.
Isajon Sultonning mifologik obrazlar qatnashgan
hikoyalariga “Manzil”, “Bog‘i Eram”, “Ozor”, “Farishta”,
“Orif”, “Uzuk”, “Bir tomosha tarixi”, “Xazinabon” kabi
asarlarni kiritish mumkin.
Ma’lumki, miflar ajdodlarimizning ibtidoiy tushun
-
chasiga ko‘ra shakllantirilgan hikoyalardir. Unda olam,
odam, koinot, borliq paydo bo‘lishi hamda ularning tari-
xiy asoslari saqlanadi. Yozuvchining yuqoridagi hiko-
yalarida mifologik obrazlarning ayrimlarini ko‘rish mum-
kin, ular hikoya kompozitsiyasi uchun ma’lum poetik
vazifani bajargan. Masalan, adibning “Manzil” hikoyasi-
da bir nechta mifologik obrazlar yaratilgan.
“Yana an-
cha yo‘l bosganimizdan keyin tog‘lar bilan o‘ralgan bir
vodiy ga kirib bordik. Ko‘llari shishaday tiniq, odamlari
g‘oyat go‘zal edi. Keyin bilsak, bu yurtning oti Ko‘hi Qof,
bularesaodamzodemas,parilarekanlar”
1
.
Xalq tasavvurida parilar yashaydigan tog‘ bo‘lgan.
Bu ularning yurti hisoblangan. Tog‘ning nomi Ko‘hi Qof
deb atalgan.
“… parilar ham “narigi dunyo” vakillari, ikki olam
ilohachisi vazifasini o‘taydilar. Chunonchi, xalq
tasavvurida parilar mamlakati Ko‘hi Qof ham “narigi
dunyo” deb hisoblangan”
2
.
Ko‘hi Qofga borgan odam
tirik qaytmagan. Hikoya qahramonlari ancha yo‘l
bosganidan so‘ng parilar mamlakatiga kelib qoladi.
Parilar hikoya qahramonlarini qay manzilga borishini
eshitib, ularni yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘ladi. Ularning
ko‘pgina sheriklari parilarga oshiq bo‘lib, u yerda qolib
Do'stlaringiz bilan baham: |