– Jurnalimizning an’anaviy savoli: sizga bir
soatlik adabiyot darsini o‘tib berish taklif qilinsa,
qaysi mavzu va qanday usulda darsni tashkil etgan
bo‘lardingiz?
–
Agar menda shunday imkoniyat paydo
bo‘lsa, albatta, darsni XX asrda yashagan o‘zbek
adabiyotshunos olimlarining adabiyotimiz tarixini
o‘rganish, xususan, navoiyshunoslik sohasida
yaratilgan qimmatli ilmiy tadqiqotlar tahlili mavzusiga
bag‘ishlagan bo‘lardim va an’anaviy akademik usulda
ma’ruza qilardim. Chunki XX asr navoiyshunosligi
hazrat Alisher Navoiy hayoti va ijodiga taalluqli qimmatli
tarixiy va adabiy manbalarni to‘liq va chuqur o‘rganib,
fanning poydevorini yaratdi va bu davrda matnshunos
olimlar tomonidan ulug‘ shoir ilmiy va adabiy merosining
birlamchi tanqidiy matnlari qariyb to‘liq nashr etildi.
Hozirgi ilmiy faoliyat jarayoni esa mazkur ishlarning
takomili uchun xizmat qilmoqda. An’anaviy akademik
ma’ruza usuli bilimini oshirishni istagan mutaxassis
uchun eng qulay, “to‘s-to‘polonsiz”, metodist topqirligi
namoyishiga mo‘ljallanmagan, madaniyatli usul, deb
o‘ylayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |