Plastik surkov moylarini tayorlash jarayoni.
Ishqalanuvchi qismlarga surtish uchun mo‘ljallangan moylarning ko‘pi
sovun bilan quyultiriladi. Sovunli quyultirgichlar turli yuqori molekulali yog‘li
kislotalarning tabiiy yoki sun’iy tuzlardan iborat bo‘lib, asosan, kalsiyli, litiyli,
natriyli, bariyli va alyuminiyli sovunlar ishlatiladi. Quyultirilgich sifatida sovundan
tashqari uglevodorodlardan ham foydalaniladi. Bunday surkov moylari namlikka
chidamli bo‘lib, past haroratlarda ishlatishga yaroqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |