Corel Draw dasturida ishlash
REJA:
1.
Corel Draw
dasturi haqida
2.
Corel Draw
dasturida ishga tushirish
3.
Corel Draw dasturi interfeysi.
Kodlashtirishning vektorli usulida geometrik shakllar, egri va to’g’ri
chiziqlar, aylana, kvadrat, ellips, qism tasvirlar kompyuter xotirasida matema-
tik formula kabi geometrik abstraktciyalar ko’rinishda saqlanadi. Masalan,
aylana shaklini kodlashtirish uchun, u alohida piksellar ko’rinishida bo’lishi
shart emas. Uning radiusi, markaziy nuqta koordinatalari va rangining xotirada
saqlanishi etarli bo’ladi. To’rtburchak uchun esa uning tomonlari uzunligi,
joylashuv o’rni va rangini xotirada saqlash lozim. Matematik formulalar
yordamida turli xildagi shakllarni izohlash mumkin. Murakkab shakllarni
chizishda bir nechta oddiy shakllardan foydalaniladi. Masalan, burchaklari
yoysimon bo’lgan to’rtburchak shaklni qora rangda bo’yaymiz, unga uchta
oqdagi to’rtburchak va birta qora rangdagi to’rtburchak shaklni qo’shib uch
dyumli disketa rasmini hosil qilish mumkin (1-rasm).
1-rasm. Bir necha qismdan iborat vektor tasvir.
Vektor formatdagi barcha ko’rinishlar bir necha qismlardan iborat
bo’lib, ularni bir-biriga bog’liqsiz holda o’zgartirish mumkin. Ushbu qismlar
ob`ekt deb nomlanib, bir necha ob`ektlar yordamida yangi ob`ekt yaratiladi.
Buning natijasida ob`ektlar yanada murakkab ko’rinishga ega bo’lish holati
kuzatiladi. Har bir ob`ektda ularning kattaligi, egriligi va joylashuv o’rnining
qiymatlari orqali beriladi. Shu sababli, tasvir ko’rinishlarini oddiy matematik
amallar yordamida o’zgartirish imkoniyati yaratiladi. Vektorli grafikani
qo’llaganda, ob`ekt hajmining juda ham kichik yoki aksincha, juda ham katta
kenglikda bo’lishi inobatga olinmaydi. Ikki holda ham rasm bilan ishlash bir
xil kechadi. Xohlagan paytda tasvir sifatini o’zgartirmay turib, uni
kattalashtirish yoki kichraytirish imkoniyati mavjud. Vektorli usulda
kodlashtirishning muhim ahamiyati grafik faylning hajmi rastrli grafiklar
fayllari hajmiga nisbatan sezilarli darajada kichikligidir. Biroq, vektorli
grafikaning kamchilik tomonlari ham mavjud. Birinchidan, hosil qilinayotgan
tasvirning shartliligi, ya`ni tasvirlar formulalar yordamida qurilgann egri
chiziqlardan iborat bo’lganligi sababli, haqiqiy tasvirni hosil qilish juda
mushkuldir. Shuning uchun vektorli grafikani tasvirlarni kodlashtirishda
qo’llab bo’lmaydi. Agar tasvirni izohlash lozim bo’lsa, olingan fayl hajmi
rastrli grafika fayli hajmiga nisbatan ancha katta bo’ladi. Vektorli grafika
fayllarini qurishga bag’ishlangan dasturiy vosita sifatida juda keng tarqalgan
CorelDRAW dasturini keltiramiz.
CorelDRAW 10 dasturining ishchi oynasi boshqa grafik muharrirlar
oynasiga o’xshashdir. CorelDRAW 10 dasturi ishga tushirilganda ekranda
dasturning boshlang’ich muloqot oynasi hosil bo’ladi. Bu rejimni oldindan bekor
qilish ham mumkin. Buning uchun Show this Welcome Screen at startup (Ishga
tushganda oynani ko’rsatish) satridan bayroqchani olib tashlash orqali amalga
oshiriladi.
Dastlab dastur ishini sozlab chiqish amalarini ko’rib o’tamiz. Agar ishchi
oyna to’liq ekranni egallamagan bo’lsa, dastur sarlavhasida yoyish tugmasini
bosing. Natijada ishchi oyna to’liq ekranda hosil bo’lib CorelDRAW 10 dasturi
bilan ishlash yanada qulaylashadi.
Yaratilayotgan tasvir aniq ko’rinishi, boshqariluvchi elementlar ekranda
joylanishi uchun ekranning ruxsat etilgan kattaligini 1024x768 nuqtalarda, eng
yaxshisi 1280x1024 ni qo’llanilishi tavsiya etiladi.
CorelDRAW 10 vektor grafikasi muharririning ishchi oynasidagi asosiy
elementlari bilan tanishib chiqamiz (2-rasm). Windows muhitida ishlovchi boshqa
dasturlar kabi oynaning yuqori qismida oyna sarlavhasi va menyusi joylashgan.
CorelDRAW 10 dasturida o’z interfeysini o’zgartirish imkoniyatlari
kengaytirilgan.
2- rasm. Dasturning ishchi oynasi
Dastur oynasining markazida varaq rasmi joylashgan, u ishchi soha deb
yuritiladi. Ishchi sohada va undan tashqarida tasvir chizish imkoniyati mavjud,
biroq chop qilinayotganda faqat ishchi sohada chizilgan tasvir chiqariladi.
Ranglarni boshqarish uchun oynaning o’ng qismida joylashgan ranglar majmua-
sidan foydalaniladi. Holat satrida esa muharrir bilan ishlashni engillashtiruvchi
turli xildagi ma`lumotlar hosil bo’ladi. Tasvir chizishda qo’llaniladigan asosiy
vositalar uskunalar panelida joylashgan. Unda joylashgan tugmalar muharrirda
bajariluvchi amallarni tez bajarilishini ta`minlaydi. Xususan, Property Bar
(Xususiyatlar paneli) alohida ajralib turadi. Undagi tugmalar bajarayotgan
amallaringizga bog’liq holda paydo bo’ladi yoki ko’rinmaydi. Xohlagan paytda
joriy holatga mos bo’lgan tugmaning xususiyatlarini uskunalar panelida
topishingiz va ishchi oynaning xohlagan tomonida joylashtirish mumkin. Shu bilan
birga menyu satrining ham o’rnini o’zgartirish imkoniyati mavjud. Uskunalar
panelining bo’sh qismida sichqonchaning o’ng tugmasini bosing, natijada
yordamchi menyu (kontekst) paydo bo’ladi (3-rasm.). Yordamchi oynadagi
o’rnatilgan
bayroqcha
orqali
uskunalar
panelida
qaysi
bo’limlar
joylashtirilganligini ko’rsatadi.
3–rasm. Yordamchi menyu
Foydalanuvchi panelida joylashgan turli xildagi uskunalardan foydalanishi
mumkin. Panelidagi uskunalarni birma-bir sichqoncha orqali tanlab, uning
Property Bar (Xususiyat paneli)ga e`tibor bering, ularning ko’rinishi har bir
uskunaga mos ravishda o’zgaradi. Shu bilan birga holat satridagi ma`lumotlar
ko’rinishi ham o’zgaradi. Muharrir sozlangandan so’ng tasvir bilan ishlashingiz va
turli xildagi vektor ob`ektlar yaratishingiz mumkin.
COREL DRAW Dasturi Haqida ma`lumot.
COREL DRAW- vektorli grafikaning WINDOWS operatsion sistemasida
ishlaydigan yangi grafiklar yaratish va taHrir qiluvchi dasturidir.Uning yordamida
turli grafik ko`rinishlarni loyiHalash, fotomatn,tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa
badiiy ko`rinishdagi kompazitsiyalarni taHrir qilish bilan boғliq amallarni bajarish
mumkin. COREL DRAW muHarrirni ishga tushirish uchun COREL DRAW ning
belgisiga borib «sichqoncha»ni yoki ENTER klavishini bosish kerak.
Natijada Windows sistemasining barcha oynalariga o`xshash COREL DRAW
muHarririnig oynasi ochiladi.