62
Sevgi – bu sevilish emas
Sevmoq – bu osmonga uchmoq demakdir
Har gal qayta yerga qulamoq uchun
Sevgi – bu urishdan tongan yurakdir
Sevish – bu afyundir, sevilish – afsun
Sevgi – juda oddiy tushuncha.
Ammo, odamlar, nimagadir, uni doim murakkablashtirib ko’rsatishga, undan
muammo yasashga harakat qiladilar.
Bilasizmi, nimaga sevgi atrofida buncha ko’p tashvish mujassam? Chunki
muhabbat – eng shartsiz bo’lishi kerak bo’lgan tuyg’u, lekin biz unga doim shart
yuklaymiz. Aslida sevgi shoirlar uni ta’riflagandek azobli, zolim, hijronli, olovli, otashin
va yana qandaydir og’riqli emas. Odamlar bu tuyg’u bilan taqdirlanishganda uni tobelik
munosabatiga aylantirishga urinib, undan o’zlari anduh yasab oladilar.
Sevgi – ikki qalb muomalaga kirishgan holat. Qalbingiz uncha-munchaga o’z
sarhadlarini boshqa qalbga ochib bermaydi. Ammo u o’z hamrohini topib, unga ochilsa
– unda tamoman hech bir cheklanish va himoyasiz ochiladi. Chindan sevgan odam
mutlaqo ojiz bo’lib qolishi ana shundan – o’zini qo’rqmasdan boshqa qalb egasiga ishonib
topshiradi.
Sevgi – aqlning hukmidan tashqari tuyg’u. Aql qiziqish, ishtiyoq, masrurlik kabi
hissiyotlarni uyg’otishi mumkin – biroq uning ishq ustidan hokimiyati yo’q. Sevgi aqlni
yengib, odamni uning izmidan olib chiqib ketishga qodir bo’lgan kuch. Shuning uchun
ham aql unga qarshi astoydil kurashadi.
Biz ana shu talvasaga tushib qolgan aqlning gapiga kirib, o’z sevgimizni azobga
to’ldirib tashlaymiz. U bizni rashk qilishga, javob sevgi talab qilishga, arazlashga va
boshqa achinarli xatti-harakatlarga undaydi.
Sevgining ko’zi ham ko’r emas. Sevgi boshqa odamning xato va kamchiliklarini
hammadan ham yaqqol ko’rib, anglab turadi. Ammo u boshqa odamning qalbini sevadi
– uning aqliga tegishli bo’lgan nuqsonlarga esa e’tibor bermaydi. Chunki sevgi inson
qadri uning xatolardan holi qalbida mujassam ekanini biladi.
Agar siz sevgan odamingiz kamchiliklarini ko’ra bilmayotgan bo’lsangiz – demak,
siz sevmaysiz. Siz boshqa odamni
ilohiylashtirasiz
, xolos. Bu esa sof holdagi tobelik
munosabati. Agar sevgilingizni iloh darajasiga ko’tarib qo’ysangiz – siz endi unga tobesiz
degani emasmi?
Har kim umrida bir bora bo’lsa ham kimnidir sevadi. Buni u tan oladimi, anglab
yetadimi yo’qmi – har holda sevgi har kimga beriladi. Ishqimiz tushgan odam bilan birga
bo’lishga intilish – tabiiy holat. U bilan yonma-yon ko’ngil xotirjamligiga erishamiz.
Ammo har doim ham bu maqsadga to’g’ri yo’ldan bormaymiz. Sevgini tobelik
munosabatiga aylantirishga intilishimiz biz va sevgan odamimizga jabr yetkazishi
mumkin.
Boshqa odamni sizni sevishga majburlay olmaysiz. Majburlash yo’li bilan nafratga
erishishingiz mumkin, xolos. Buni, anglashimcha, hamma biladi. Siz sevgan odamingizga
unga
erkinlik
beribgina erishishingiz mumkin. Sevgan odamingizga erishishning eng
asosiy siri
Do'stlaringiz bilan baham: |