Mis miqdori quyidagicha aniqlanadi.
Konussimon kolbaga KMS ning misli tuzidan 0,6 gr maydalab solinadi, uning
ustiga 100 ml distillangan suv quyiladi. Natijada tuzning suvdagi suspenziyasi
hosil bo’ladi. Uning ustiga amiakning 5% li eritmasidan 8 ml tomchilatib
qo’shiladi, natijada tinniq eritma hosil bo’ladi ya’ni eritmada tinish jarayoni yuz
beradi. Bunda eritmada oqarish jarayoni yuz beradi. So’ngra uning ustiga sirka
kislotaning 6 normalli eritmasidan 5 ml va 12 gr kaliy yodid solinadi. Oradan ikki
minut vaqt o’tgandan so’ng Natriy tiosulfatning 0,1 normalli eritmasi bilan
titrlanadi. KMS dagi mis miqdori quyidagicha topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |