boshlang’ich
ta’lim tizimida
mantiqiy o’qish
(matnni to’g’ri, tushunib, tez (me’yorida) o’qish)
va
adabiy o’qish
mukammal o’zlashtirilganidan so’ng yuz beradigan jarayondir.
1-sinf o’quvchilari ifodali o’qish jarayoniga to’la tayyor holga kelgan bo’lishi
kerak.
Asrdan asrga,og’izdan og’izga, xalqdan xalqqa o’tib kelayotgan og’zaki adabiyot
namunalarining mohir ijrochilari ham bor. Aytaylik rivoyatni roviylar, lofni
lofchilar, askiyani qiziqchilar, ya’ni askiyachilar aytadi. Folklor asarlarining bir
qismini ifodali aytish mumkin bo’lsa, bir qismi musiqa jo’rligida aytilgani uchun
ifodali aytib bo’lmaydi. Folklorning epik turiga mansub yirik hajmli, keng
tarqalgan janrlaridan biri dostondir.
Doston ilk bor xalq og’zaki ijodi sifatida yuzaga kelgan bo’lib, keyinchalik yozma
adabiyotga o’zlashgan. Og’zaki doston namunalari ijrochilik yordamida bizgacha
yetib kelgan. Baxshilar, xalfalar ijrosida tinglangan dostonlarning ayrim qismi,
aniqrog’i, nazmiy qismi ohangga solinib, nasriy qismi ifodali aytilgan. Demak,
dostonlarning nasriy qismi yoqimli ovozda, qiziqarli ohangda o’qiladi. Xorazmda
yakka xalfalar dostonni sozsiz ijro etganlar. Ular dostonni yoddan yoki qo’lyozma
va kitobdan yoqimli ohangda o’qish bilan tanilganlar. Xalq dostonlarini ifodali
o’qish jaroyonida tinglovchi zavqni tuygan, ruhiy-ma’naviy ozuqa olgan. Baxshilar
30
nazmiy qismni qo’shiq qilib aytsalar, nasriy qismni soz chalishni to’xtatib, baland,
o’tkir ovozda dona-dona qilib aytganlar. Bunday o’rinlarda gap urg’usiga,
pauzaga, tinish belgilariga alohida e’tibor berganlar. Aksariyat dostonlarning
nasriy qismi sajda bo’lganligi uchun ifodali o’qilishi juda ravon va yoqimli
eshitilgan. Ayniqsa, dostonlarning zachini baxshilardagi ifodali o’qish qobiliyatini
namoyish qila olgan. Zachin boshlanma yoki tugallanma bo’lishiga ko’ra har xil
ifoda bilan o’qilgan. “Qadim zamonda, Qo’ng’irot elida Boybo’ri va Boysari
degan aka-ukalar yashagan ekan. Boybo’ri og’il farzand ko’ribdi. Unga Hakimbek
deb ism qo’yishibdi. Boysari esa qiz farzand ko’ribdi. Unga Barchinoy deb ism
qo’yishibdi. Xonadonlarda xursandchilik bo’libdi”
15
. Nasriy parcha boshlanma
bo’lgani uchun ta’kidlash, xabar ohangida xotirjam ifoda bilan o’qiladi.
Doston zachinining tugallanmasi esa yakunlash ohangi bilan ko’tarinki ruhda,
tantanovor o’qiladi: “Go’rog’libek Taka-Yovmitning eliga odam qo’yib, qancha
o’yin qilib to’yni tarqatdi. Ko’p in’om-ehsonlar bilan to’yni tamom qilib, murod-
maqsadlariga yetdi”. Zachinning chiroyli, yoqimli ohangda o’qilishini saj ham
ta’minlaydi. “Saj gapdagi ayrim bo’laklarning vazn yoki qofiyada moslashishi,
nasriy asarlardagi qofiya”
16
. Tugallanmaning ravon bo’lishi, ohangining yoqimli
chiqishini saj ta’minlagan dedik: “odam qo’yib, to’y qilib, o’yin qilib, tamom qilib.
Ammo qofiya mukammal chiqmaganligi sababli ifodali o’qishdagi ravonlik
susaygan. Ko’rinnadiki, boshlang’ich sinflarda dostonlarimizdan parcha berilishi
kerak. Ammo 1-sinfda doston berilmagani kamday 3-sinf "O’qish kitobi"da
"Alpomish" dostoni ertak shaklida berilgan. Holbuki, boshlang’ich sinf
o’quvchilari dostonlar tinglab, o’qib ulg’aysalar, ularning har jihatdan komilligi
ta'minlanaadi. Ayni damda, dostondan parchani ifodali o’qish 1-sinf bolalaridagi
ifodali o’qish ko’nikmalarining yaxshiroq shakllanishiga hissa bo’lib qo’shilardi.
Folklor asarlari azaldan-azaldan ifodali o’qib kelingan, xalqning qon-qoniga
singib ketgan marosimlarimizda ifodali o’qishning ahamiyati beqiyos bo’lgan.
15
Umarova M., Hamroqulova X., Tojiboyeva R. O`qish kitobi. Umumiy o`rta ta’lim maktablarining 3-sinfi uchun
darslik. – Toshkent: O`zbekiston, 2012. – B. 81.
16
Safo Matjon, Sariyev Sh. O`zbek adabiyoti. – Toshkent, 2007. – B. 37.
31
Masalan, sayllarda, to’ylarda yigit-qiz aytishuvi bo’lib o’tgan, “Guli surx” ham
deyilgan. Qizlar yigitlarga, yigitlar qizlarga she’r aytib, gul tutqazishgan. Aytilgan
she’rga mazmundosh, ohangdosh she’r aytishga intilishgan. Bunday aytishuvlar
yoshlardagi ifodali o’qish qobiliyatini o’stirgan, ruhoniyatini tarbiyat qilgan.
Folklorda ifodali o’qishning roli, ayniqsa, dramatik asarlarda ko’rinadi.
Masxaraboz, qiziqchi, qo’g’irchoqbozlar ijod qilgan, ular ijrosida an’anaviy xalq
teatri tomoshalari sifatida ajdoddan avlodga og’zaki o’tib kelgan. Og’zaki dramalar
monolog va diologlardan tashkil topgan bo’lib, ko’proq satirik, yumoristik
xususiyatga ega bo’lgan. Og’zaki dramalarni ijro qiluvchi qiziqchilar,
masxarabozlar o’ta mahorat bilan, so’zlarni ochiq-ochiq talaffuz qilib, asarni
xalqqa yetkaza olganlar.
“Boy. Abduqodir, ho, Abduqodir!” Boy bu so’zlarni keskinroq, ayni choqda
jaranglatib, chiroyli qilib talaffuz qiladi. Negaki o’zidan past hisoblangan kishining
ismini yaltoqlanib aytmaydi. Ammo jaranglatib, chiroyli aytishi ham lozim, sababi
bergan pulini undirishga kelgan, ko’p bor kelgani uchun kosibning joniga tegib
ketmaslik ilinjida shunday aytishi shart. Ham keskin, ham chiroyli ohangda aytish
uchun yuksak mahorat kerak.
“Kosib. Ho, ho... (boy kiradi). Keldingizmi?” Kosib “Keldingizmi?” so’zini
kesatiq va kutib turganini anglatuvchi ohangda talaffuz qiladi. “Boy. Ha, keldim”.
Boyning talaffuzida talab, ayni choqda “qabul qilmay ilojing yo’q” degan ma’noni
beruvchi ohang bor.
“Kosib. Juda yaxshi, xullas, sizning kelishingiz ko’p-u, bizning berishimiz ko’p.
kelaverib, olaverib, bor-u yog’imni shilaverib, hech nimayam qo’ymadingiz.
Mana, endi bisotimda qolgani mana shu shaltoqi eshak to’qimi. Mana buniyam
olib, yuvib-tarang-da, o’zingiz sotib pul qilib ola qoling! (Boyga qarab to’qimni
irg’itadi)”
17
Sudrxo’r boyga qarata aytilgan bu jumlalar kesatiq, o’kinish,
nochorlik, taqdirga tan berish kabi ohanglar bilan aytiladi.
17
Razzoqov H., Mirzayev T., Sobirov O. , Imomov K. O`zbek xalq og`zaki ijodi, - Toshkent: O`qituvchi, 1980 – B. 253
32
Folklor asarlari janriga, ijro usuli, holatiga qarab ifodali o’qiladi. Bolalar
folklori rang-barang bo’lib, uni ifodali o’qish jarayoni ham xilma-xildir.
Cheklashmachoq, sanama, masxaralama, ovutmachoq kabi janrlarning har biri
o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ifodali o’qilishi ham farqlanadi.
Birim – bilon,
Ikkim – ilon,
Uchim – uchak,
To’rtim – to’shak.
Beshim – beshov,
Oltim – oltov,
Yettim – etov.
Sakkizim – saqlan,
To’qqizim – to’qlan,
O’nim – bujmak.
Bu o’yin qo’shiqlari sirasiga kiruvchi qo’shiq bo’lib, qiz bolalarning koptok
o’yinlari jarayonida ijro qilingan. Qo’shiq koptokning yer yoki devorga urilishiga
hamohang bo’lib, u orqali yutuqlar soni sanalgan”
18
. She’rning ritmiga qarab
koptok devorga urilgan, aksincha, koptokning ritmiga monand she’r bitilgan.
She’rning ifodali o’qilishini his qilmoqchi bo’lsangiz, koptokning devorga urilish
ritmini eslang. Sanamaning ritmli esa sanash ohangidan hosil bo’lgan. Uning
ifodali o’qilishi bolalarga juda erta singadi. Sanamani kattaroq bolalar o’zlaridan
kichiklarga o’rgatadilar. Oqibat bu tabiiy jarayon an’anaviy tarzda davom etadi:
Sanamaning to’rtinchi satrigina ma’no bildiradi. Uch misrasi boshqa tildagi
so’zlardan iboratdek taassurot qoldiradi. Ammo bolalar tez yodlaydilar. Sababi,
ritmli o’ynoqi qofiyasi to’q. Bolalar o’yin oldidan sanamani qo’llar ekanlar, undagi
kattalar qiynalib aytigan so’zlarni osongina aytadilar, zavq bilan aytadilar, eng
muhimi, kattalar o’rgatmasalar ham ifodali o’qiydilar. Xuddi shunday o’qishni
o’zlaridan keyingi bolalarga o’rgatadilar.
18
O`sha manba. – B. 271.
33
Azaldan bolalarni o’yinlar tarbiyalagan. O’yinlar bolalarning topqir,
uddaburon, chaqqon, sog’lom bo’lishni ta’’minlaydi. Muhim jihatlardan yana biri
shundaki, o’yinlar bolalarga fikrini ravon, tushunarli, chiroyli qilib ifodalashni,
mazmuniga mos ifoda topishni o’rgatadi. Bir qaraganda judda oddiy, ammo
nihoyatda murakkab va go’zal ifodali o’qish mashqi bor. “Ona g’oz” ovozini
onalarnikiga monand qilishga intiladi. Har galki o’yinda “ona g’oz” bo’lish har xil
bolalarga to’g’ri keladi. Demak har bir bola ovozini tanlashga intiladi. “G’ozlar”
“Qo’rqamiz” so’zini g’amgin, qo’rqa-pisa, “Bo’ridan” so’zini vahima bilan
aytishlari lozim. “Ona g’oz” “Uchib-uchib kelinglar” jumlasini ko’tarinki, madad
beruvchi ohangda aytishi kerak. G’ozlar uning jasoratli ovozidan kuch olib,
bo’ridan qochishlari darkor. Bu o’yin tarkibidagi she’r bolalarda ifodali o’qish
ko’nikmalarining hosil qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa shuki,
folklor asarlari maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalardan boshlab kattalargacha,
kattalarni ham har tomonloma tarbiyalaydi. Ayni damda, ifodali o’qish ko’nikma
va malakalarini hosil qiladi, rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |