Axomaniylar shohi Doro I (522-486) davrida O'rta Osiyo hu-dudlari bosib olinadi.
Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, Doro I 519-518— yillardagi harbiy yurishlari davomida sak
qabilalarini yengib, itoatga keltirishga musharraf bo'ladi. Lekin bunga osonlikcha erishgan emas. Loaqal,
bu yurtning oddiy cho'poni Shiroq singari mard shunqorlarining ajnabiy bosqinchilar bilan mardona
kurashganligi buning yorqin isboti bo'la oladi.
Eron Axomaniylariga qarshi O'rta Osiyoning Parfiya, Marg'iyona hududlarida, Saklar o'lkasida
ko'plab xalq qo'zg'olonlari yuz berib turgan. Jumladan, Eron hududidan topilgan Bihistun yozuvlarida
aytilishicha, mil. av. 522—yilda Marg'iyonada ko'tarilgan kuchli xalq qo'zg'oloniga Frada degan shaxs
yetakchilik qilgan. Doro I qo'shini qo'zg'olonchilardan qonli o'ch oladi. 55 ming qo'zg'olonchi qatl etiladi,
7 mingga yaqin kishi asir olinadi. Frada ham qo'lga olinib, qiynab o'ldiriladi.
Bularning hammasi mahalliy xalqlarning ajnabiy bosqinchilar zulmiga bo'yin egmay, o'z erki,
ozodligi yo'lida tinimsiz kurash olib borganligini ko'rsatadi.
Mil.av. Vi-IV asrlarda ham O'rta Osiyoning Baqtriya, So'g'diyona, Marg'iyona va Xorazm vohasi
hududlarida sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati to'xtovsi? rivojlanishda davom etgan.
O'Meaning o'sha davrdagi asosiy qon tomirlari hisoblangan Samarqand (Afrosiyob), Marv,
Baqtra, Yerqo'rg'on, Qiziltepa, Ko'zaliqir singari shaharlari hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlars
sifatida qadimgi ajdodlarimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. Bu davrda zarb etilib,
muomalaga
chiqarilgan dastlabki tanga pullar ham shaharlar hayotining o'sganligidan guvohlik bcradi.
O'rta Osiyo xalqlarining yurt ozodligi va mustaqilligi yo'lida olib borgan kurashlari pirovard
oqibatda o'z samarasini bermay qolmadi. Mil. av. to'rtinchi asrga kelib Eron Axomaniylari hokimiyati
kuchsizlanib, zaiflashib qoladi. Bunday sharoitda birinchi bo'lib Xorazm o'z mustaqiltigini tiklashga
muvaffaq bo'ladi. Ustadiplomat, rnohir siyosalchi Farasman mil.av. IVasrda Xorazm mustaqilligini qo'iga
kiritib, uni mustahkamlay bordi. O'lkaning boshqa hududlarida ham mahalliy xalqlarning Eron
Axomaniylaridan yurtni ozod qilish borasidagi qat'iy kurash harakatlari avj olib bordi. Biroq, afsuski.
o'lkamiz xalqlarini bu davrda tarixning yana og'ir sinovlari kutmoqda edi.
Antik dunyo tarixida makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn (Alek-sandriya, Makedoniya podshosi
Filipp П ning o'g'li) olamga dovrug' taratgan jahongir hukmdorlardandir. Yunoniston, Kichik Osiyo.
Arabiston hududlarini qudratli harbiy kuch bilan egallab, o'shajoylarda o'z hukmronligini o'rnatgan
Iskandar mil. av. 331— yil oktabrida Gavgamela yonida (shimoli-sharqiy Mesopotamiya) bo'lgan jangda
Eron qo'shinlarini yengadi. Eron podshohi Doro III Iskandardan
uzil-kesil yengilib, mamlakat sharqiga,
Baqtriyaga qochadi. U yerda esa, Baqtriya satrapi Bess tomonidan oidiriladi. Tez orada Iskandar qo'shini
ortiqcha qarshiliksiz Baqtriya poytaxti - Baqtra (hozirgi Balx) shahrini hamda Aorn, Drapsak singari
mustahkam qaraiarni egallaydi. Ko;p оЧтау, Bess qo'lga olinib, qati etiladi. Mil. av. 328—yiida Xorazm
shohi Farasman Baqtradagi Iskandar qarorgohiga o'z elchisini jo'natadi va ittifoqehilik bitimi imzolanadi.
Shu botsdan Iskandar Xorazmga yurish qilrnaydi. Mil. av. 329—yilda Oks (Amu) daryosi sohiliga yetib
kelgan Yunon qo'shinlari daryodan o'tib Navtaka (hozirgi Qashqadaryoning bCesh-Shahrisabz vohasi)ga
kirib boradi. Endigi harakat yo'nalishi So'g'diyona poytaxti - Marokanda (Samarqand)ga qaratiladi. Rim
olimi rCursiy Rufning ma'lumot berishicha. Iskandar armiyasi Marokandani uncha qiynaimasdan va kam
talofat bilan ishg'ol etgan va «shaharda o'zlarining garnizonlarini qoldirib, yaqin atrofdagi qishloqlarni
yondirib va vayron etib», so'ngra esa shimoli-sharqqa qarab harakatlanganlar. U Sirdaryoning chap
sohiliga Aleksandriya Esxata (Xo'jand) qal'asini qurdiradi.
Biroq Marokandadan so'ng yunon-makedon qo'shinlarining yurishlari nihoyatda qiyin va
murakkab kechdi. Chunki ular endilikda mahalliy xalqning kuchli qarshiligiga duch keldi. Iskandar
bosqinidan, uning yurtga soiayotgan qirg:ini-yu zulm asoratidan ko'zi g'aftat uyqusidan
ochilgan, erk,
ozodlik qadrini har narsadan afzal bilgan ona zamin kishiiari bir yoqadan bosh chiqarib, ajnabiy
istilochilarga qarshi harakatga keladi. Mil. av. 329—yil kuzida So'g'diyonada boshlanib, O'rta Osiyo
mintaqasining boshqa hududlarida keng aks sado bergan xalq qo'zg'oloni yurtimiz ozodligi tarixida
chinakam yangi sahifa yozgan.
Iskandar tajovuzi va zulmiga qarshi ko'tarilgan bu ommaviy harakatga so'g'd xalqining mard
o'g'loni Spitamen boshchilik qildi. So'g'diyona va Baqtriyada mahalliy xalqlarning chuqur ishonchini
qozongan, katta harbiy salohiyat sohibi Spitamen xalqdan lashkar tuzib, dastlab Iskandarning
Marokandada qoldirib ketgan harbiy garnizoniga hujum qilib uni yanchib tashlaydi. Bu xabar yerli
aholiga katta ruhiy quwat bag'ishlab, ajnabiylarga qarshi faol kurashga turtki beradi. Iskandar o'z
qo'shinining bir qismini sarkarda Menedem boshchiligida qo'zg'olonchilarga qarshi Marokandaga
yo'llaydi. Bu davrda Iskandarning o'zi Yaksart (Sirdaryo)ning chap sohilidagi shaharlar va aholi
turarjoylarini bo'ysundirish uchun og'ir janglar olib borayotgan edi. Ajoyib jang taktikasini qo'llagan
Spitamen Iskandar lashkari Marokandaga yaqinlashib kelayotganini eshitgach,
darhol shaharni tark etib,
Politimet (Zarafshon) daryosining quyi oqimi tomon jang qilib chekinadi. So'ngra bu yerdagi dashtli
ko'chmanchilarning otiiq askarlari bilan qo'shilib, kutilmaganda qarshi hujumga o'tadi. Bundan
sarosimaga tushgan yunon qo'shini katta taiofatga uchrab, qolgan-qutgan jangchilari bilan shaharga
chekinadi. Spitamen Marokandani qamal qiladi. Bundan xabar topgan Iskandar Sirdaryo bo'yidagi hujum
harakatlarini vaqtincha to'xtatib, o'zi qo'shinga bosh bo'lib Spitamenga qarshi yurish boshlaydi. U
Marokandaga yetib kelganida Spitamen kuchlari allaqachon bu joyni tark etib, So'g'diyonaning cho'llik
qismiga chekingan edi. Iskandar Spitamendan o'ch ololmagach, butun qahri-u zahrini Zarafshon aholisiga
qaratadi. U Spitamen kuchlarini ta'qib qilib, Marokandadan cho'lli hududlar tomon borar ekan, yo'I-
yo'Iakay 120 mingdan ziyod tinch aholini qirib tashlagani tarixiy manbalarda uchraydi.
Biroq mahalliy
xalqlarni o'ziga uzil-kesil bo'ysindira olmaydi.
Iskandar Doroning yuz minglab muntazam lashkarlariga qarshi jang olib borishdan ko'ra,
Spitamen boshchiligidagi qo'zg'olonchilarga qarshi kurashish qiyin ekanligini tushunib yetadi. Negaki,
yerli aholi o'zining har bir qarich tuprog'i, daryo-ko'li, qir-adiri, qoyasi uchun dushman bilan beayov
kurashgan. Iskandar lashkarining yengil-masligi to'g'risidagi afsonalar ham bizning yurtimizda barham
topdi.
Oxiri shunday bo'lib chiqdiki, O'rta Osiyo yerlarini kuch, qurol bilan yenga olmasligiga kolzi
yetgan Iskandar aql-u zakovat, hiyla yo'li bilan mahalliy aholining yuqori tabaqasi, zodagonlari bilan
umumiy til topishishga, yerli xalqning milliy udumlari, urf-odatlari, marosimlarini
qabul qilishga majbur
bo'ladi. Shu tariqa, So'g'diyona ulug'laridan Oksiart, Xorien degan mahalliy aslzodalar u tomonga o'tadi.
Iskandarning Oksiartninggo'zal qizi Raxshanak (Roksana)ga uylanishi esa qarindoshlik aloqalarining
kuchayishiga xizmat qiladi. U xalq qahramoni Spitamenni qo'Iga tushirib, uni jismonan yo'q qilishda ham
mahalliy zodagonlar xizmatidan foydalanadi.
Spitamenning tez orada o'ldirilib, boshi Yunon podshohiga tortiq qilinganligi fakti ham
qo'zg'olonchi kuchlar o'rtasida birlik bo'lmagan-ligining alomatidir. Shunga qaramay, ajnabiy
bosqinchilarga qarshi xalq g'alayonlari 327— yil boshlariga qadar davom etdi.
Garchand, Spitamen
boshchiligidagi keng ommaviy xalq harakati oxir-oqibatda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa~da, ulug'
ajdodlarimizning mardlik jasoratini, el-u yurt hurligi, ozodligi yo'lidagi fidoyiligini yorqin namoyon etdi.
Shunday qilib, muttasil uch yil davom etgan shiddatli jang-u jadalfardan so'ng Iskandar Baqtriya,
So'g'diyona va Ustrushonaning faqat bir qisminigina itoat ettirib, bu hududlarga o'z ishonchli odamlarini,
o'ziga sodiq so'g'dlik zodagon Oropiyni So'g'diyona hokimi etib tayinlab, o'zi mil. av. 327— yilda
Hindiston tomon qo'shin tortadi.
Yunon-Makedon qo'shinlari O'rta Osiyo yerlarida shu qadar holdan toyib, o'zining jangovarlik
qobiliyatini yo'qotdiki, buning oqibatida ularshimoliy Hind yerlariga arang kirib bordilar. Bu holatni tan
olgan Iskandar tez orada Hindistondagi urush mavsumini tugatib, ortga, ikki daryo oralig'idagi Bobil
shahriga qaytib ketishga buyruq beradi. Antik dunyo olimlarining yakdil ta'kidlashicha, Yunonlar
podshosining bu buyrug'i ruhan cho'kkan butun qo'shinda katta qoniqish bilan qarshi olingan ekan.
Shunday qilib,
t butun yer yuzini egallab, dunyo hukmdori bo'lishga daVo qilgan Iskandarning
sharqiy yurishlari oxir - oqibatda ko'zlangan yuksak natijalarsiz tugadi. Uning o'zi mil. av. 323—yilda
Bobilda hayotdan ko'z yumadi. Ayniqsa, uning ko'p sonli lashkar-larining Vatanimiz sarhadlarida mislsiz
xalq qarshiligiga duch kelib, son-sanoqsiz qurbonlarberishi pirovardida uningjahongirlik da'vosini puchga
chiqardi.
O'zgalar yurtini zo'rlik bilan egallash evaziga qudratli saltanat qurish, boshqalarga o'z irodasini
majburan o'tqazish pirovard natijada qanday xunuk oqibatlarga olib kelishini Iskandar Zulqarnayn timsoli
yaqqol isbot etadi. Tarixning bu achchiq sabog'ini hech mahal unutmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: