2
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining
Jizzax filialining Ichki tartib-qoidalari
(ichki mehnat tartibi qoidalari)
Mazkur Ichki tartib qoidalari (ichki mehnat tartibi qoidalari) (keyingi
o‘rinlarda – Qoidalar) O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, “Ta’lim
to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa oliy ta’limga oid qonun va qonunosti hujjatlarni
inobatga olgan holda ishlab chiqilgan hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston
Milliy universitetining Jizzax filiali
(keyingi o‘rinlarda - Filial)dagi mehnat, o‘quv,
ilmiy faoliyat va ta’lim-tarbiya jarayoniga oid bo‘lgan munosabatlarni tartibga
soluvchi lokal normativ hujjat hisoblanadi.