Tahrirlash oynasi.
«Yangi kurs» masturi tugallanishi bilan tahrirlash oynasi
quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Tahrirlash oynasi Tahrirlash oynasi har biri muayyan topshiriqni bajarish uchun
xizmat qiladigan panellarga bo‘lingan.
«Kurs» paneli
Tahrirlash oynasining chap tomonida «Kurs» paneli joylashgan. «Kurs»
panelida o‘quv kursining mundarijasi ko‘rsatiladi. O‘quv kursi masofaviy ta’lim
tizimida ochilganda huddi shu mundarija ko‘rinadi.
Mundarija kurs nomi, bo‘limlar va modullar nomlaridan tuzilgan bo‘ladi.
«Kurs» panelidagi kontekstli menyudan modul hosil qilish masturini ishga tushirish,
yangi bo‘lim hosil qilish, mundarija elementlarini nomlash va ochish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |