4-bob . BELGILI va GraFIKLI aXBoroTLarNI KIrITISh voSITaLarI 4.1. Belgili (simvolli) axborotlarni kiritish vositalari Kompyuterga axborotni kiritish uchun belgili (simvolli)
axborot larni kiritish vositalaridan foydalaniladi. Bu vositalarga
klaviatura va holatga o‘tish
qurilmalari kiradi.
Klaviatura. Klaviatura – tizimga buyruqlar va ma’lumotlarni
kiritish uchun foydalaniladigan eng muhim kompyuter qurilma-
laridan biri hisoblanadi.
Klaviaturaning quyidagi asosiy turlari mavjud:
– 83 ta tugmali PC va XT klaviaturasi;
– 84 ta tugmali AT klaviaturasi;
– kengaytirilgan 101ta tugmali klaviatura;
– kengaytirilgan 104 ta tugmali Windows klaviaturasi.
Hozirgi kunda eng ko‘p tarqalgan klaviaturalar kengaytirilgan
101va104 ta tugmali klaviaturalardir.