7.4. Axborotni vizual aks etish vositalari
Axborot chiqarishni tashkil qilish va vizual aks ettirish uchun
shaxsiy kompyuterning displeyi bilan bir qatorda proeksiyalash
texnikasi keng qo‘llaniladi.
Proektorlar.
Multimedia-proektor kompyuter, videomagnito-
fon, videokamera, fotokamera kabi turli xil signal manbalaridan
olingan axborotni katta ekranda aks ettirish imkonini beradi.
Multimediaproektorning asosiy tavsiflaridan biri uning
yorqinligi yoki yorug‘lik oqimidir. Berilgan yorug‘likda va ekran
materialining sifatida yorug‘lik oqimi qancha quvvatli bo‘lsa,
tasvirning o‘lchamini shuncha katta olish mumkin. Yorug‘lik
oqimi (ANSI-lyumenda o‘lchanadi) proektorning konstruksiyasiga,
LCD – panelning sifatiga, quvvatiga va lampaning tipiga bog‘liq.
128
7.12-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |