Raqamli monitorlar . Eng oddiy monoxromli monitor faqat
oq-qora tasvirni aks etish imkonini beradi. Raqamli RGB-
monitorlar (Red-Green-Blue) ham monoxromli, ham rangli (16
xil rang turi bilan) ish tartibini qo‘llaydi.
Analogli monitorlar. Signallarni analogli uzatish kuchlanish-
ning turli darajasi ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu chuqurlik
dara jasi turli xil bo‘lgan ranglar jilosini shakllantirish imkonini
beradi.
Multichastotali monitorlar. Videokarta qatorning gorizon-
tal chastotasiga va kadrlar takrorlanishining vertikal chasto-
tasiga tegishli bo‘lgan sinxronlantirish signalini shakllantiradi.
Monitor bu qiymatlarni tanishi va unga muvofiq ish tartibiga
o‘tishi kerak.