Mikrofon (Mic-in) – kompyuterga eng sodda mikrofonlarni
ulash va ovozni yozish (yoki boshqa tovushlarni) uchun
qo‘llanila digan monofonik razyom. Bu razyom odatda qizil yoki
pushti rangda bo‘ladi.
Djoystik porti (MIDI/gameport) – o‘yin qurilmasi (djoystik)
yoki sintezator klaviaturasini ulash imkonini beruvchi to‘g‘ri
burchakli razyom. Ko‘pchilik oddiy tovush adapterlari bu
razyomlarga ega, biroq yanada mukammal va narxi qimmat
tovush adapterlarida bir nechta qo‘shimcha razyomlar ham
bo‘lishi mumkin.
Kolonka/sabvuferga chiqish (Speaker-out/Subwoofer) – chi-
ziq li chiqish Line-out dan farqli ravishda kuchaytirgichga ega
bo‘lgan stereo chiqishdir. Bu razyomga (kuchaytirgichga ega
bo‘lmagan) passiv kolonkalarni yoki sabvuferni ulash mumkin.
Bu razyom olov rangda bo‘ladi.
Sony/Philips raqamli interfeys formati (