Sabzavot va mevalar saqlanadigan idishlar:
1-qop; 2-yashik; 3-konteyner.
Кaramni oziq-ovqat maqsadida tokchani eni va bo’yiga qarab taxlanadi. Tokchaning
kengligi 1 m, balandligi esa 0,6-0,8 m bo’lib, 3-5 qavat karam boshlari joylanadi. Lavlagi,
turp, sholg’om kichik xirmonlarda (kengligi 3-4 m, uzunligi binoning kengligiga qarab)
saqlanadi. Lavlagining xirmondagi qatlami 1,2-1,5 m, turp va sholg’om uchun 1
metrgacha bo’ladi.
Piyoz maxsus to’rli qoplarga joylangan holda shtabellarga taxlanib, yoki maxsus 4
qavatli stellajlarda to’kma holda saqlanadi. Bunday stellajlarda piyoz yaxshi saqlanadi,
ularni shamollatib turish va saqlanish holatini nazorat qilish juda qulaydir (18-rasm).
43
18-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |