4
2021-yilgi xalqaro baholash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish uchun 348 ta
tayanch maktab belgilanib, 6 mingdan ortiq o‘qituvchining malakasi oshiriladi.
Joriy o‘quv yilidan boshlab mutlaqo yangi professional ta’lim tizimi yo‘lga
qo‘yilib, 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil
etiladi.
Kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish
maqsadida milliy malaka tizimi ishlab chiqiladi. Ushbu tizim 9 mingga yaqin
kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash imkonini beradi.
Oliy ma’lumot olaman, o‘z ustimda ishlab, ilmli bo‘laman, degan, yuragida
o‘ti bor, jo‘shqin yoshlarimizning tahsil olishi uchun hamma qulayliklarni
yaratishimiz shart. Shuning uchun maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab
olish darajasini 2020-yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetkazish
rejalashtiriladi.
O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlanishi ayniqsa Respublikamizning
mustaqilligidan keyingi davrda jadal sur’atga ko‘tarildi. Mustaqil O‘zbekistonimizda
sog‘lom avlodni tarbiyalash hamda ta’lim-tarbiya jarayonini samarali olib
borilishida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va
sport” to‘g‘risidagi qonuni (05.09.2015 yil), “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni
(29.08.1997 y), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (29.08.1997 y), Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi PQ-3031-sonli “Jismoniy tarbiya
va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi PF-5368-sonli
“Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan
takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi PQ-4063-sonli “Yuqumli boʻlmagan
kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va aholining
jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori,
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 29 yanvardagi 65-
sonli “Oʻzbekistonda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish va aholini
jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish toʻgʻrisida”gi Qarori hamda
jismoniy tarbiya va sport sohasiga
tegishli qarorlar, shuningdek o‘tkazilayotgan tub
islohotlarning o‘rni muhim ahamiyatga egadir.
Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa
yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi
uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali
yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash,
mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish,
shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli
tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada
rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtimiz sportchilarining Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo
o‘yinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga
erishayotgani, dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va sport salohiyati yanada
oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport
inshootlari barpo etilayotgani, o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida uch bosqichdan