Qo‘lni harakatlantirish.
Og‘irlik markazi ikkala oyoqqa bir xil
taqsimlangan bo‘lib, chap oyoq oldinda raketka chap yelkaning oldida. Yelkalarni
o‘ngga burgan holda, og‘irlik markazi o‘ng oyoqqa o‘tkaziladi. Qo‘l biroz tepaga
ko‘tariladi va raketka bilan orqaga harakatlanadi. Shu paytda volan qo‘yib
yuboriladi.
Zarba berganda o‘ng qo‘l va yelka pastdan tepaga oldinga yo‘nalishda
tezlanish bilan harakatlanadi. Og‘irlik markazi chap oyoqqa o‘tkaziladi, raketka
bilan qo‘l tezda tekislanadi va volan bilan uchrashgan paytda tekis chiziqda
bo‘ladi. Zarba berish lahzasi balandlik darajasining quyi qismida bo‘ladi.
Provodka (kuzatish). Volanga tekkan badminton qismi uni oldinga tepaga
kuzatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |