Mashqni bo‘laklab o‘rgatish metodi
Bu metod yaxlit mashqning ayrim qismlari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish,
ularni o‘rganish, tuzatish, takomillashtirish va mustahkamlash uchun qo‘llaniladi.
O‘quvchi birmuncha vaqt mashqning bir unsurini, qismini o‘zlashtiradi. Ayrim
harakat yetarli darajada mustahkam o‘zlashtirilgandan so‘ng, u yaxlit faoliyat bilan
bog‘lanadi. Buning uchun o‘quvchi tuzatilgan qismning to‘g‘ri bajarilishiga e’tibor
berib, yaxlit faoliyatni qaytadan bajaradi. Shuni nazarda tutish kerakki, alohida
o‘zlashtirilgan harakat yaxlit faoliyatning strukturasini o‘zgartirmasagina u bilan
oson bog‘lana oladi. Bo‘laklab o‘rgatish metodi bilan yaxlit o‘rgatish metodi bir-
birini to‘ldiradi. O‘rgatish jarayonida ular navbatmanavbat qo‘llaniladi. Oldin
harakat yaxlit o‘rgatiladi, keyin bo‘laklab o‘rgatiladi, keyin yana yaxlit o‘rgatiladi
va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |