10 ichida sanash.
Ikki to‘plamdagi elementlarni solishtirish asosida ikkinchi
beshlik sonini hosil qilishi va 10 gacha sanashni o‘rgatish uchun o‘rta guruhda
birinchi beshlik sonini hosil qilish namoyish etiladi.
O‘rta guruhda bo‘lganidek, har bir kelgusi son qanday hosil qilinishini
ko‘rsatish uchun bundan oldingi son qanday hosil qilinganini takror ko‘rsatish
lozim. Shunday qilib, hamma vaqt 3 tadan kam bo‘lmagan ketma-ket sonlar
taqqoslab ko‘riladi. Bolalar ko‘pincha 7 va 8 sonlarini adashtiradilar, bu o‘z
navbatida 7 va 8 elementlardan iborat to‘plamlarni taqqoslash bo‘yicha juda ko‘p
mashq qilishni taqozo etadi.
Тurli o‘lchovda yoki turli maydonni
egallovchi
predmetlar
to‘plamini
taqqoslash
ko‘nikmasi
sanoq
ahamiyatini va taqqoslanadigan ikki to‘plamlar elementlarini bittalab solishtirishda
aniqlash usullarini tushunish, teng. ko‘p, kam munosabatlarini aniqlash imkonini
beradi. Masalan, qaysi olmalar ko‘proq—qizillarimi yoki yashillarimi, qaysi gullar
ko‘proq—sariqlarimi yoki oqlarimi—ana shularni aniqlash uchun, agar keyingilari
birinchilarga nisbatan katta oraliq bilan joylashgan bo‘lsa, predmetlarni sanab
chiqish va ular sonini yoki 2 guruh predmetlarini bir-biriga taqqoslash zarur.
Bunda taqqoslashning ustiga qo‘yish, yoniga qo‘yish usullaridan foydalaniladi.
Bolalar guruhlardan birida ortiqcha predmet paydo bo‘lganini, demak, bu
guruhdagi predmetlar ko‘proq, boshqa guruhda esa bitta yetishmasligini, demak,
bu guruhda predmetlar kamroq ekanligini ko‘radilar.
Soni kamroq guruhga bitta predmetni qo‘shish yoki soni ortiqroq guruhdan
bitta predmetni olib qo‘yish yo‘li bilan guruhlarni tenglashtirish natijasida bolalar
taqqoslanayotgan sonlardan har birini hosil qilish usullarini o‘zlashtirib oladilar.
Ko‘proq, kamroq munosabatlarining o‘zaro aloqasini ko‘rib chiqish bolalarga
kelgusida sonlar o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zaro simmetriklik xossasini
o‘rganishga zamin yaratadi. Didaktik materialni almashtirib turish, xilma-xil
topshiriqlar berish bolalarga har bir sonni hosil qilish usullarini yaxshiroq anglab
olishda yordam beradi.
Bolalarda 10 gacha sanash ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun turli xil
mashqlardan. masalan, “Xuddi shuncha ko‘rsat” mashqidan foydalaniladi.
10 gacha bo‘lgan predmetlarni sanash. Predmetlarni sanash mashqlari
murakkablashib boradi. Birdaniga turli xil predmetlarni 2 guruhini (6 ta piyola va 7
ta kosani sanang) yoki bir xil ko‘rinishga ega, ammo bir-biridan rangi, shakli yoki
katta-kichikligi bilan ajralib turuvchi (7 ta katta va 8 ta kichkina tugmachalarni), 2
guruh predmetlarini hosil qilish mashqlari bilan birgalikda faqatgina ikkita
guruhdagi predmetlarni sanashnigina emas, balki ularni ma’lum joyga, masalan,
qog‘oz varag‘ining ko‘rsatilgan qismiga: yuqoriga, pastga, chapga, o‘ngga,
o‘rtasiga joylashtirish topshirig‘i ham beriladi. Bir oz keyinroq tarbiyachi
ko‘rsatmasi asosida, bolalar mana endi nima ish bajargan bo‘lsang, hammasi
to‘g‘risida gapirib; ber! — deb so‘raydi. Nihoyat javoblar bajarilgan vazifa haqida
hikoyaga aylanadi. Bolalar 6-10 Ularga? ko‘zlarini yumib, tugmachalarni qo‘llari
bilan ushlab ko‘rib sanash, u qo‘lidan bu qo‘liga olib sanash topshiriqlari beriladi.
Bundan tashqari, “Ketdik, ketdik, ketdik..”, “Nima o‘zgardi” o‘yinlari yordamida
qo‘l bilan ushlab sanashni mashq qiladilar.
Тovushlarni sanashni esa predmetlarni
sanash va sanab ajratish bilan bog‘laydilar.
Bolalarga tovushlarni sanashni, xuddi shuncha
o‘yinchoqlarni sanab ajratshni, keyinchalik
ayni
bir
vaqtda
tovushlarni
sanab,
o‘yinchqlarni ajratib qo‘yishni, sanashni;
tugatgach, qancha tovush ehitganliklarini va
nechta o‘yinchoq qo‘yganliklarini gapirib
berishni
taklif
etiladi.
Bolalar
musiqa
asboblari nomlari bilan tanishdi, aytilishini mashq qiladi. Pedagog: “Bu qaysi
musiqa asbobi”— deb so‘raydi. Pedagog cholg‘u asboblardan birida 3 ta tovush
hosil qiladi va bolalardan so‘raydi: “Topinglar-chi, men qaysi asbobda va nechta
tovush chiqardim?” Bola sanab beradi: “Siz bir marta tayoqchani tayoqchaga, ikki
marta barabanga urdingiz”, -deydi. “Sen hammasi bo‘lib nechta tovush eshitding?”
- deb so‘raydi pedagog. “Men hammasi bo‘lib uchta tovush eshitdim”- deb javob
beradi bola. Bolalar pedagog yoki boshqa bolalar tomonidan bajarilayotgan
harakatlarni sanaydilar. Ular harakat miqdorini namuna hamda aytilgan songa
qarab bajaradilar, Masalan: “Likopchada nechta tuxum bo‘lsa, shuncha marta
salom ber, shuncha marta rahmat degin".
Topshiriqlarni o‘yin xarakterida olib borish mumkin: “Topingchi, men
Elmurodga koptokni necha marta tashlashni buyurdim?”, demak, Elmurod
koptokni talaydi, bolalar esa uning harakatlarini sanaydilar.
Ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha ma’lum miqdorda qadam tashlash bolalar
uchun eng murakkab topshiriq hisoblanadi. Masalan, bolaga: “Oldinga 5 qadam
yur, o‘ngga buril, yana 3 qadam tashla”, — deb aytiladi.
Bolalar safda yurish bilanbirga bir vaqtda sanashni, fazoda mo‘ljal olishni
mashq qiladilar, turli shakldagi sanashni nashq qilish bir-biri jupslashtirilgan
topshiriq hosil qilinadi. Bunday mashqlar orqali idrok etiladigan to‘plamlar
orasidagi miqdoriy munosabatning o‘rnatilishi sanash faoliyatini umumlashtirishga
imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Bolajon” tayanch dasturi. T.: 2016
2.Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari. T.: 2017
Xasanboyeva.O.U. “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” T. «Ilm ziyo» 2006 y
SH.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”.“Tafakkur sarchashmalari”. T:.
2013
3.N.M.Kayumova “Maktabgacha pedagogika”. TDPU nashriyoti T:. 2013