3.Sholiziya tariqati.
Bu tariqat Abul Hasan ash – Sholiziy rahmatullohi alayhiga nisbat
berilgandir. U kishi hijriy 593 – sanada tug`ulib , hijriy 656 – sanada vafot
topganlar. Abul Hasan ash – Sholiziy rahmatullohi alayhi olim, obid, zohid va
mashxur sufiylardan bo`lganlar. U kishi Tunis, Misr, Iroq va Makka tomonlarga
ko`p marotaba safarlar qilganlar. Qohiraning Komiliya madrasasida qozi Iyozning
“Shifo” kitobini, “Risolai Qushayriya”ni, “Al – Muharrar al - Vajiziy”ni
talabalarga o`qitganlar. U kishi uzlatni va mahrumlik hayotini o`zlariga ep
ko`rmaganlar. Odamlarga aralashib, dunyo ne`matlaridan baxramand bo`lib
yashaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |