3.Tasavvuf Qur`on va Sunnat haqiqatiga yetib, unga butun vujud bilan
amal qilishni o`rgatadi.
Albatta, oyat va hadislarni o`qish boshqa, uqish boshqa. Ularning uqqandan
keyin zohiriy amal qilish boshqa, butun vujudni – jismi, qalbi va ruhi bilan amal
qilish boshqa.
Tasavvuf aynan shu narsani, yani Qur`on va Sunnatdan kelgan ma`nolarini
tushunish bilan kifoyalanib qolmay, ularning mohiyatini o`rgatadi. Xulosa qilib
aytadigan bo`lsak, mujtaxid ulamolarimiz Qur`on va sunnatdagi ma`nolarini
bizlarga to`g`ri tushuntirib bergan bo`lsalar, muhaqqiq so`fiylarimiz o`sha
ma`nolarining ruhiyatini anglatib berganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |