Matn (11-12-13-savollar)
Dunyo nematlariga ahamiyat bermaydigan,
o‘zini juda kamtar tutadigan buyuk islom
olimlaridan biri faqat bir kishi o‘tishi mumkun
bo‘lgan tor yo‘lakda shaharning o‘ziga bino
qo‘ygan katta boylaridan biri bilan to‘qnash
kelipti. Qorni kajavaday keladigan boy:
– Men bir devonaga yo‘l berib chetga
chiqmayman! – deb pishqiribdi. Haligi olim
kishi yo‘l berar ekan, g‘oyat sokin ohangda
debdi:
– Men esa yo‘l beraman!
31. Ushbu matnning mazmunini o’qib chiqing.
Nega olim boyga yo’l berdi?
A) chunki uning boyligi ko’p edi
B) boyning yoshi ulug’ bo’lganligi uchun
C) olim gapga tushunmaydigan boy bilan
talashishni istamadi
D) olim o’zini boy biror nima qilishidan qo’rqdi
32. Matn tarkibida qaysi so’z turkumiga oid
so’zlarda imloviy xatoliklar mavjud?
A) ot, modal so’z, fe’l
B) ravish, sifat, fe’l
C) sifat, modal so’z, fe’l
D) ot, sifat, fe’l, modal so’z
33. Matndagi ostiga chizilgan frazeologik birlik
quyidagi qaysi so’zga teng keladi?
A) xasis B) manman C) ayyor D) ziqna
34. "Dunyo
−
kattakon ko‘l. Zamona esa esib
turgan yel.
Oldingdagi to‘lqin og‘alar bo‘lsa, ketingdagi
to‘lqin inilardir. Navbat o‘tishar, avvalgiday
bo‘lishar".
Ushbu hikmatli so‘zlar qaysi asarda keltirilgan?
A) M.Koshg‘ariy "Devonu lug‘ot it-turk"
B) Navoiy "Mahbub ul-qulub"
C) Abay "Nasihatlar"
D) Gulxaniy "Zarbulmasal"
35. Navoiyning qaysi asari sari’ bahrida
yozigan?
A) "Layli va Majnun" B) "Saddi Iskandariy"
C) "Farhod va Shirin" D) "Hayrat ul-abror"
36. Qaysi javobda nomi keltirilgan she’rni
Usmon Nosir Boltiq va Oq dengiz bo‘ylariga
safari chog‘ida yozgan?
A) "Bolaligimda" B) "Yur tog‘larga chiqaylik"
C) "Yo‘lchi" D) "Yurganmisiz birga oy bilan"
37. Shunday yashar
−
sokin, bezavol,
Pastakkina tandiri bilan,
Katta uyda kichkina bir chol,
Kichkina bir kampiri bilan.
She’riy parchada qaysi gap bo‘lagi ajratilgan?
A) to‘ldiruvchi B) kesim C) aniqlovchi D) hol
38. Qaysi javobda to‘kinchilik yasama otining
yasalish asosi
to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) sifat B) fe’l C) ot D) sifatdosh
39. “Og'zining tanobi uzoq sayohatlarni ixtiyor
qilgan” obraz aks etgan asar va qahramonning
nomi to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang.
A) “Shum bola”, Hoji bobo
B) “Dahshat”, Olimbek dodxo
C) “Mehrobdan chayon“, Solih Maxdum
D) “Kecha va kunduz", Razzoq so'fi
40. S.Yesenin qaysi she’rida A.S.Pushkinning
“Baxtlidir
jomini ichib bo’lmagan” misrasini keltirgan?
A)“Dog’lar ketmish majruh ko’ngildan”
B) “Singlimga xat”
C) “Bu dunyoda men bir yo’lovchi”
D) “Xurosonda bir darvoza bor”
Do'stlaringiz bilan baham: |